ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF

ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF — adenin, riboza va uch molekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. A. k. organizm xujayralarida doimo sintezlanib va isteʼmol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota, atf oʻzining pirofosfat bogʻlarida koʻp energiya saqlaydi (makroergik bogʻlar). U xujayra mitoxondriya moddalarning aerob va anaerob oksidlanishi natijasida ajralib chiqqan energiyani fosforlash yoʻli bilan makroergik fosfat bogʻlari shaklida toʻplaydi va organizmning energiyaga ehtiyoji boʻlgan hamma jarayonlarini energiya bilan taʼminlaydi. Adenozintrifosfat kislota, atf parchalanishi natijasida 8 — 11 kkal/mol energiya ajralib chiqadi. U muskullardan, achitqidan olinadi, sintetik usulda ham tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
OVQATLANISH
MAKROERGIK BIRIKMALAR
BOGʻ TUZISH SANʼATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты