AKKUMULYATORLAR BATAREYASI, elektr akkumulyatorlar batareyasi — kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar parallel ulanganda Akkumulyatorlar batareyasi dagi kuchlanish har qaysi element kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr zaryadlari yigʻindisiga teng boʻladi. Ketmaket ulanganda eyuk lar qoʻshiladi. Elektr zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket, ham parallel) ulanadi. Bunday Akkumulyatorlar batareyasi doimiy tok manbai hisoblanadi.