ANDIJON SUV OMBORI

ANDIJON SUV OMBORI — Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-y. da nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori bal. 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv oʻtkazuvchi inshootlar favqulodda tosh-qinda 1700 m3/s gacha suv oʻtkazishga va umumiy suv sarfi 230 m3/s boʻlgan irrigatsiya kanallariga oqizishga moʻljallangan. GES kanallarga tushayotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m3/s suv sarfiga moʻljallangan, quvvati 140 MVt. A. s. o. suvi Fargʻona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qoʻshimcha 35 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi.


Lotin alifbosida maqola: ANDIJON SUV OMBORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AMUDARYO
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты