ANUSHIRVON

ANUSHIRVON (toʻliq ismi Xusrav I Anushirvon) — sosoniylar sulolasiga mansub Eron podshohi. Anushirvon otasi — Qubod joriy qilgan idora usuli, soliq tizimi hamda harbiy sohalarda jiddiy islohotlar oʻtkazdi, mamlakatni raiyatparvarlik bilan boshqardi. Hind eposi «Kalila va Dimna» A. topshirigʻi bilan paxlaviy tiliga tarjima qilindi, Avesto qayta koʻchirildi. Anushirvon shahar va qishloqlarni obod etish, koʻhna qadriyatlarni tiklashga alohida eʼtibor berdi, uning davrida zardushtiylik rshojlandi, oʻzaro urushlarga uzil-kesil barham berildi. Anushirvonning adolatliligi, maʼrifatparvarligi xalq orasida keng yoyiddi, ogʻzaki ijodda ham, yozma adabiyotlarda ham Anushirvon haqida qissalar toʻqildi. Firdavsiy A. haqida doston yaratgan va uni «Shohnoma»ga kiritgan. «Qobusnoma», «Siyosatnoma», «Jome ul-hikoyot», «Gulzor», «Miftoh ul-adl» va b. kitoblarda Anushirvon toʻgʻrisida koʻplab hikoyatlar keltirilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»sida ham u haqda maʼlumot uchraydi.

Anushirvon asli tarixiy shaxs boʻlgan, keyinchalik Sharq xalqlari badiiy ijodida keng tarqalgan timsolga aylangan.


Lotin alifbosida maqola: ANUSHIRVON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты