ARABOTA MAQBARASI

ARABOTA MAQBARASI — Samarqand viloyati Tim qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik, mil. 977/8 (hijriy 367). Meʼmori nomaʼlum. Poydevori toshdan, devorlari chorsi gʻishtdan (23X23X4 sm) ganchxok bilan terilgan. Binoning umumiy tarhi murabba (560X560 sm). Usti gumbaz bilan yopilgan. Devor va gumbaz orasidagi 4 kunjak yirik muqarnas kosalar shaklida. Ustunlar naqshli. Bu bejirim ustunlar xonaga shinam va ulugʻvor koʻrinish beradi. Maqbaraning koʻrki uning mahobatli peshtoqidir. Gʻishtlar turli tartibda juftlab terilgan, choklar qatoriga ganchkori naqshlar kiritilgan. Peshtoq poyalarida kufiy yozuvlari bor. Ravoq tepasidagi uch mehrobsimon tokchalar mayda naqshlar bilan bezalgan. Arabota maqbarasi Movarounnahrda saqlanib qolgan eng qad. musulmon maqbaralaridan biri. Maqbara meʼmoriy tuzilishi jihatidan katta ahamiyatga ega. Uning peshtoki oʻsha davrda yaratilgan shu turdagi binolarning dastlabki yetuk namunasi boʻlib, 11 — 12-a. lar meʼmorligining rivojiga taʼsir etgan.

Ad.: Zohidov P. Sh., Meʼmor sanʼati, T., 1978.


Lotin alifbosida maqola: ARABOTA MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты