ARMATURA (lot. armatura — qurollanish, anjomlar) — 1) temir-beton konstruksiyalar Armaturasi — betonning choʻzilishga (kamdan-kam siqilishga) mustahkamligini oshirish uchun muljallangan tarkibiy qismi. Asosan poʻlatdan yasalgan egiluvchan Armatura (sterjen yoki payvandlangan toʻr), baʼzan bikr Armatura (prokat qoʻshtavrlar, shveller, burchaklik) ishlatiladi. Mustahkamligi va plastikligi boʻyicha sterjensimon (diametri 6/90 mm), chiviqsimon (diamet-ri 3/8 mm) va zoʻriqma (900 Mn/sm2 va undan ortiq kuchga chidaydigan) Armatura larga boʻlinadi (rasmga q.). Poʻlat A. lar baʼzan oyna orasiga va choʻyan kuymalarning choʻzilish zonasiga ham qoʻyiladi. Turkistonning qad. binokor ustalari ham Armaturadan keng foydalanganlar. Sinchli devor orasiga qoʻyiladigan sinch, paxsa devor orasiga qoʻyiladigan shox-shabba va qamishlar, loyga qoʻshiladigan somon oʻsha davrning Axi edi;
2) mashina, konstruksiya, inshootlarning toʻgʻri ishlashini taʼminlovchi yordamchi qurilma va detallar toʻplami. Mac, vodoprovod Armaturasi (klapanlar, kranlar, suv oʻlchagich va h. k.); qozonxona Axi (termometrlar, manometrlar, saqlagich klapanlari); isitish tizimi Armaturasi (termoregulyatorlar, termostatlar va h. k.); gaz tizimi Armaturasi (kran va klapanlar, reduktorlar va h. k.); elektr texnikasi Armaturasi (patronlar, oʻchirib-yoqqichlar, rozetkalar, qandillar va h. k.).