ASTRONOMIK KOORDINATALAR

ASTRONOMIK KOORDINATALAR — ixtiyoriy yoritkichning osmon sferasidagi vaziyatini aniqlash uchun qoʻllaniladigan sistemalar. Sfera sirtidagi har qanday nuqtaning vaziyati asosiy deb qabul qilingan biror katta aylanada (markazdan oʻtuvchi) yotuvchi yoy va unga nisbatan olingan perpendikulyar yoy bilan toʻla aniqlanadi. Asosiy aylana tekisligiga markazdan oʻtuvchi perpendikulyar chizilsa, u bilan osmon sferasining Shim. yarim shari kesishgan nuqtani maxsus nuqta sifatida qabul qilib, bu nuqtadan va yoritqichdan yordamchi katta aylana oʻtkazish ekvotori mumkin (sfera sirtida har qanday 2 ta nuqtadan faqat bitta katta aylana oʻtadi). Yordamchi va asosiy aylanalar kesishgan nuqta bilan yoritqich orasidagi yey aynan perpendikulyar hisoblanadi. Osmon sferasining kaysi aylanasi asosiy deb olinishiga qarab Astronomik koordinatalar sistemalari 4 turga boʻlinadi: gorizontal, ekliptik, ekvatorial koordinatalarning 1-va 2-sistemalari.

Karomat Mirtojiyeva.


Lotin alifbosida maqola: ASTRONOMIK KOORDINATALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASTROMETRIYA
BERUNIY
AMIR TEMUR
ATMOSFERA
Yulduz Usmonova - Qora ko’zim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты