ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI

ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI — kimyoviy elementlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va ogʻzaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anorganik birikmalarning koʻp va turli-tumanligi ularni nomlashda maʼlum tizimga asoslanadi. Koʻpchilik kimyoviy elementlarning nomi lotin nomidagi «ium» qoʻshimchani «iy» qoʻshimchaga almashtirib hosil qilinadi. Mac, litium — litiy, barium — bariy va h. k. Qadim zamonlardan beri ishlatib kelingan elementlarning nomlari shundayligicha saqlanib qoladi: oltingugurt, temir, mis, rux, qalay, qoʻrgʻoshin, simob, oltin, kumush va b. Elementlarning kislorod b-n hosil qilgan birikmalari oksidlar va peroksidlar degan umumiy termin bilan ataladi. Oksidlar tuz hosil qiluvchi va tuz xrsil qilmaydigan oksidlarga boʻlinadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar oʻz navbatida asosli, nordon va amfoter oksidlarga ajratiladi. Oʻzgaruvchan valentli elementlarning oksidlarini nomlash uchun avval elementning nomi, soʻngra oksid soʻzi qoʻshib aytiladi. Mac, FeO — temir (II)-oksid, Gʻye2O3—temir (III)-oksid va h. k. Elementlarning oltingugurt va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari ham shunday nomlanadi. Mac, CuS — mis (II)-sulfid, GʻyeS13 — temir (III) — xlorid va h. k. Metall va gidroksil guruhdan tashkil topgan birikmalar asoslar deb yuritiladi. NaOH — natriy gidroksidi yoki (SiON)2 — mis gidroksidi bularga misol boʻladi. Asoslarning asosiy xususiyati, ularning kislotalar bilan tuz hosil kilishidir. Vodorod va kislota qoldigʻidan tashkil toptan moddalar kislotalar sifatida qaraladi. Vodorod atomi soni kislota qoddigʻi valentligiga teng boʻladi. Kislotadagi vodorod metallga almashina oladi. Kislotalarning asosiy xususiyati asoslar bilan tuz hosil qilishidir. Kislorodsiz kislotaning nomi kislota hosil qiluvchi elementning nomiga «id» qoʻshimachasi qoʻshish orqali hosil qilinadi. Mac, H2S — sulfid kislota, HF — ftorid kislota, N2Te — tellurid kislota. Kislorodli kislotalar va tuzlar oʻzbekchada xalqaro nom bilan ataladi. Mac, HNO2 — nitrit kislota, HNO, — nitrat kislota, H2SO4 — sulfat kislota; ularning tuzlari tegishlicha nitritlar, nitratlar, sulfatlar deyiladi va h. k. Agar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining hammasi metall atomiga almashgan boʻlsa, normal tuz, aks holda nordon tuz deb ataladi. Agar tuzlar tarkibida gidroksil guruhi boʻlsa, asos tuzlar deb ataladi. Normal tuzlarni nomlashda metall nomiga kislota nomi koʻshiladi. Mas, NaF — natriy ftorid, Fe2(SO4)3 — temir (III) — sulfat va b. Koʻp asosli kislotalarning tarkibidagi metallga almashgan vodorod atomlari soniga karab tuzga nom beriladi. Mas, Na3PO4 — natriy fosfat, Na2HPO4 — natriy gidrofosfat, NaH2PO4 — natriy digidrofosfat; baʼzan bular uch almashgan, ikki almashgan, bir almashgan deb ham ataladi. Kislotalardagi vodorodni metallga yoki asoslardagi gidroksil guruhni kislota qoldigʻiga almashtirish yoʻli bilan tuzlar hosil kilinadi. Bular oʻrta (normal), nordon va ishqoriy tuzlarga boʻlinadi. Ikki metall va bir kislota qoldigʻidan tashkil topganlari qoʻsh tuzlar deyiladi. Bir metall va ikki kislota qoddigʻidan tashkil topgani esa aralash tuzlar deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: ANORGANIK BIRIKMALAR NOMENKLATURASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
AFRIKA
ANDIJON VILOYATI
ALGEBRA
Jasur Umirov - Kumush


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты