ANTIFILTRATSION QOPLAMALAR

ANTIFILTRATSION QOPLAMALAR, suv sizishiga qarshi qoplamalar — sugʻorish kanallari, hovuzlar, suv omborlari, turli gidroinshootlar tubi va yon bagʻirlarini qoplashda qoʻllaniladigan maxsus materiallar. Suvning sizishini bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadlarida ishlatiladi. Suv inshootlari qurilishida qoplamalarning quyidagi asosiy zichlangan xillari qoʻllaniladi: grunt, yaxlit beton, yigʻma temir-beton, asfaltbeton, yaxlit yigʻma beton yoki zichlangan grunt katlami bilan himoyalangan polimer, polietilen va polivinilxlorid pardali ekran. Shuningdek, suv oʻtkazmaslik uchun gruntlarni mexanik shibbalash (shibbalangan gruntlar) va kanal oqiziqlari hamda muallaq zarrachalari yerdamida oʻzanni sunʼiy kolmataj kilish (kolmataj qilingan gruntlar) kabi usullar ham qoʻllaniladi. Aksariyat Antifiltratsion qoplamalar ikki va undan ortiq qavatli elementdan iborat boʻladi, ammo sharoitga qarab ularning har birini mustaqil qoʻllash mumkin. Antifiltratsion qoplamalarning koʻpi beton yoki temir-beton plitalardan quriladi; plitalar choki va oraligʻi neft hamda polimer mahsulotlaridan tayyorlanadigan maxsus elastik material — germetik b-n toʻldiriladi. Antifiltratsion qoplamalar Q, materiali tipi maxalliy sharoitlar (tuproq-grunt, relyef va b. ning tuzilishi) va inshootlarning vazifasiga qarab texnik-iqtisodiy hisoblar asosida tanlanadi (mas, tagi pardali yaxlit yigʻma beton 35 — 40 yil xizmat qiladi). Kanallarga qoplamalar yotqizish suvning sizishini 25 — 30% kamaytirishga, uning f. i. k. ni 0,91 —0,99 ga yetkazishga imkon beradi.

Antifiltratsion qoplamalar kanal zonasida grunt suvlari sathining koʻtarilishini, tuproqning zaxlanishi va qayta shoʻrlanishini, kanal qirgʻoqlarining oʻpirilishi va oʻzan deformatsiyasini bartaraf etadi, kanallarning oʻt bosishini kamaytiradi, natijada suvning oqish tezligi, kanalning suv oʻtkazish imkoniyati ortadi. Hozir Antifiltratsion qoplamalar yotqizish toʻla mexanizatsiyalashtirilgan. Oʻzbekistonda xoʻjaliklararo kanallar (32,4 ming km)ning 9,7 ming km ga beton qoplama yotqizilgan (1995).

Shuhrat Mahmudov.


Lotin alifbosida maqola: ANTIFILTRATSION QOPLAMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
AMIR TEMUR
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты