AFINA

AFINA, Qadimgi Afina — Yunoniston (hoz. Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahardavlat (polis). A. Yunonistonning Attika deb atalgan togʻli joyida vujudga kelgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina maʼbudiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloqlar birlashib Afina sh. vujudga kelgan (mil. av. 9—8-a. lar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urugʻchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urugʻ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Mil. av. 7-a. da Afinada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan edi. Mil. av. 594-y. da savdogarlar aristok-ratiyasidan Solon arxont (hokim) boʻldi. U A. da ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan oʻzgartiradigan islohotlar oʻtkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urugʻchilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va la-vozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan boʻldi. Aristokrat naslidan boʻlgan Pisistrat oʻz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, mil. av. 560-y. da oʻzini Attika dehqonlarining dohiysi deb eʼlon qildi va Afinaning mustabid hokimi boʻlib oldi. Pisistrat oʻziga qarshi boʻlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ular ga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivojlandi, ibodatxona va b. qasrlar qurildi, suv quvuri oʻtkazildi. Pisistrat va uning oʻgʻillari saroyga eng yaxshi adiblarni toʻpladilar. Gomerning «Odisseya» va «Iliada» asarlari yozib olindi. Afinada dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan soʻng (mil. av. 527 i.) hokimiyat uning oʻgʻillari Gippiy va Gipparxga oʻtdi. Lekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan oʻldiriddi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510-y.). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qoʻzgʻoloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qoʻlga oldi (508-y.). U toʻrtta urugʻchilik okrugi oʻrniga oʻnta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urugʻchilik jamoasi tuzumining soʻnggi qoddiklariga barham berildi. Mil. av. 5-a. boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangiva (mil. av. 490-y.) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480-y. Kserksning juda katta qoʻshini Bolqon ya. o. ga bostirib kirdi. Salamin o. yonidagi dengiz jangida yunonlar gʻalaba kildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Afinaning dengizdagi hukmronligini taʼmin etdi. Afinadan tashkariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik bu-yumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, gʻalla va yogʻoch keltirilar edi. Afinada Perikl davri (mil. av. 5-a. oʻrtalari) qad. quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni boʻyicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq majlisi — oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yoʻli bilan saylanadigan 500 lar kengashi davlatning maʼmuriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qoʻlida edi. «Perikl oltin asri» deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri boʻldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar — qasrlar vujudga kelgan. Meʼmorchilik ustalari — Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina maʼbudasi ibodatxonasi — Parfenott bunyod etganlar. Bu qasr kad. meʼmorlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri boʻlib qoddi. Oʻsha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afinaga boʻysundirishga qaratilgan tashki siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruhlar orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes ittifoqining eʼtibori baland edi. Peloponnes ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoqlab chiqdi. Oʻrtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli boʻlgan Peloponnes urushini (mil. av. 431—404) keltirib chiqardi. Urushda magʻlubiyatga uchragan Afina oʻzining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yoʻqotdi. Lekin bu magʻ-lubiyatdan soʻng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qad. dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri boʻlib keldi. Mil. av. 338-y. Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan soʻng Yunonistonni oʻziga boʻysundirdi. Afina b-n Rim imperiyasi oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari mil. av. 88 y. gacha davom etib keldi. 86 y. ning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, koʻpgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla A. ning oʻtmishdagi shuhratini eʼtiborga olib, unga «ozodlik» inʼom etdi.

Mil. av. 27 y. butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina oʻz-oʻzini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliq toʻlamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiya-tini yoʻqotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib maʼlumot olar edilar. Rim imperatorlarining baʼzilari, ayniqsa, Adrian A. ga alohida ahamiyat berib, unda koʻrkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Mil. 3-a. dan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Vizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afina lagi sanʼat va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529-y. da Vizantiya imperatori Yustinianning buyrugʻiga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan kad. Afina madaniy tarixi tugadi.


Lotin alifbosida maqola: AFINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
ALISHER NAVOIY
BUYUK BRITANIYA
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты