AHOLI XARAJATLARI

AHOLI XARAJATLARI — aholining tirikchilik oʻtkazish uchun qilgan pul sarflari; aholi pul daromadlarining ishlatilishi. Aholining pul daromadi uning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Daromadlar isteʼmol tovarlari va xizmatlarni xarid etish, turli toʻlovlarni toʻlash, jamgʻarma hosil etish uchun sarflanadi. Aholi xarajatlarining obyektiv chegarasi daromad boʻlsa, uning subyektiv chegarasi daromad egasining didi, erki, nimani afzal koʻrishidir. Shu tufayli daromad bir xil boʻlsada, xarajatlar tarkibi turlicha boʻladi. Daromad qanchalik koʻp boʻlsa, oziq-ovqat uchun sarflar qisqarib, sanoat mollari va xizmatlarni xarid etish xarajatlari, chunonchi, uzoq muddat xizmat qiluvchi qimmatbaho tovarlar xaridiga pul koʻproq sarflanadi. Shu jihatidan aholi turli toifalarining xarajatlari bir-biridan farqlanadi. Kambagʻal oilalarda ovqatlanish xarajati ustivor boʻlsa, toʻq va boy oilalarda kiyinish, dam olish, sayohat qilish, qimmatbaho tovar xarid etish sarflari ustun turadi. Iqtisodiyoti rivojlangan va xal-qi farovon yashaydigan mamlakatlarda aholining oziq-ovqat uchun sarflari qisqarib, minimal darajaga tushadi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Aholi Xarajatlari tarkibida oʻzgarishlar paydo boʻldi. Aholi xarajatlarida oziq-ovqat sarflari bilan bir qatorda, nooziq-ovqat tovarlarini xarid etish, pul jamgʻarish va qimmatbaho qogʻozlarni orttirishga qaratilgan xarajatlar ham kuzatiladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: AHOLI XARAJATLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AHOLI
BERUNIY
BANKLAR
AMIR TEMUR
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты