ABASHIDZE Irakliy Vissarionovich

ABASHIDZE Irakliy Vissarionovich (1909.10.11, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlogʻi — 1992) — gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya FA akad. (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—67). Gruziya Ensiklopediyasi bosh muharriri (1967-y. dan). Asarlaridagi asosiy mavzu — shoirning insonparvarlik burchi, Gruziyaning hoz. va oʻtmishdagi taqdiri («Guriya yashnayapti», 1950; «Yaqinlashish», 1966; «Bu qoʻshiqlar ham — Gruziyamga», 1971; sheʼriy toʻplamlari, «Rustaveli izidan» poemasi, 1966 va b.). «Yuksak mahorat uchun»(1959), «Doʻstlar, yoʻllar, oʻylar» (1979) kitoblari muallifi. Oybek, Gʻafur Gʻulom va b. bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Zulfiya sheʼrlarini gruzin tiliga tarjima qilgan. Oʻzbek tilida «Sheʼrlar» kitobi nashr qilingan (1962).


Lotin alifbosida maqola: ABASHIDZE Irakliy Vissarionovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
Irakliy Abashidze
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
GʻAFUR GʻULOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты