AZIMOV

AZIMOV (Asimov) Ayzek (19201992) — amerikalik fantast yozuvchi, fan targʻibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlogʻida tugʻilgan. 1923-y. da ota-onasi bilan Nyu-York sh. ga koʻchib ketgan. Oʻsha yerda Kolumbiya un-tini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. I. t. lari uchun falsafa d-ri unvonini olgan. Birinchi qissasi 1939 i. eʼlon qilingan. Shundan soʻng «Poydevor va Imperiya» (1952), «Men robotman», «Mangulik intihosi» (1955), «Neytrino», «Darbadar» (1966), «Koinot oqimlari» (1972), «Poydevor qirralari» (1982), «Poydevor va Yer» (1986) asarlarini eʼlon qildi. Azimov fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham oʻrin olgan. Azimov ilmiy fantastika asoschilaridan biri. Azimovning bir qancha hikoyalari va «Koinot oqimlari» romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Lotin alifbosida maqola: AZIMOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YER
FRANSIYA
XITOY
FANTASTIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты