ALIMATOV

ALIMATOV Turgʻun (1922.20.1, hoz. Toshkent viloyati Keles qishlogʻi) — sozanda (dutor, tanbur, sato). Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Toshkent ped. in-ti ishchi f-ti toʻgaragida (1937—40) tanbur, gʻijjak (skripka) chalishni oʻrgangan. Keyinchalik xalq va professional ijro uslublarini Shobarat tanburchi, Nabi tanburchi, Mulla Toʻychi hofiz, Yu. Rajabiylardan oʻzlashtirgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—43). Yosh tomoshabinlar teatri (1940—42), Muqimiy teatri (1943 — 46) da gʻijjakchi, Oʻzbekiston radiosi xalq cholgʻulari orkestri (1947— 52, 1957—59), Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli (1959—85)da sozanda.

Turli musiqa toʻgaraklariga rahbarlik qilgan. 1985-y. dan Toshkent davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasida oʻqituvchi, prof. (1994-y. dan). Alimatov dutor, tanbur va sato ijrochiligini mukammal oʻrganib, oʻziga xos ijro uslubini yaratdi. Badihagoʻylik, soz pardalarini oʻta mungli va dardli yangratish, torlarni noziq nolalantirib chalish A. ijrochilik uslubiga xos. Repertuarida xalq kuylari, maqom va mashhur ashulalarning cholgʻu yoʻllari («Dutor Navosi», «Tanavor I—II», «Tanbur Navosi», «Chorgoh», «Munojot», «Nola», «Navo», «Navroʻzi Ajam», «Eshvoy», «Buzruk», «Ey, sabo», «Kuygay» va b.) katta oʻrin olgan. Ovoz rejissyori N. Hasanov yordamida yakka sozlar (dutortanbur, dutor-sato, tanbur-sato-dutor va b.)da oʻziga xos yakkanavoz «ansambl» tarzida ijro etgan cholgʻu kuylari 10 dan ortiq gramplastinkalarda chiqarilgan. Xalqaro musiqa anjumanlari (Moskva, 1971; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va b.)ning konsertlari qatnashchisi. Chet ellar (AQSH, Fransiya, Germaniya)da gastrollarda boʻlgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Ad: Olimboyeva K., Turgʻun Alimatov [«Oʻzbek ayoli hayotida musiqa» kitobida], T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: ALIMATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RAJABIYLAR
TOSHKENT
MAQOM ANSAMBLI
Yunus Rajabiy (1897-1976)
MUSIQA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты