AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI

AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI — xotin-qizlardan tashkil topgan ashula-raqs yoki ashula-cholgʻu ansambllar; qadimdan oʻzbek milliy musiqa ijrochiligi rivoji jarayonida yuzaga kelgan. Odatda 3—4 ayol xonanda, sozanda va raqqosalarni birlashtiradi. Repertuari oʻzbek xalqi musiqa merosining boy anʼanalari va xususan mahalliy musiqiy uslub (sheva)larga tayangan. Bunday ansambllar turli vohalarga xos ijrochilar — yallachi (Fargʻona vodiysi), sozanda (Buxoro), xalfa (Xorazm) va h. k. nomlar b-n ham yuritilgan. Ayollar (anʼanaviy) ansambllari (a.) a. odatda tuy va b. marosimlar, turli xil sayillarda oʻz qoʻshiq-raqslarini omma oʻrtasida ijro etib kelgan. Oʻzbekistonda ayollarning professional va havaskorlik tarzidagi zamonaviy ansambllardan tashqari, davlat professional (dutorchi qizlar, garmoniy qizlar va b.), havaskor folklor («Yor-yor» — Namangan, «Nozanin»—Buxoro, «Gulyor» — Toshkent viloyati, «Quvasoy yor-yori», «Onaxonlar» — Fargʻona, «Omon yor» — Qoʻqon va b.) ansambllari mavjud.


Lotin alifbosida maqola: AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
TOSHKENT
MUSIQA
XORAZM VILOYATI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты