AHMADJONOV Muxtor Oripovich

AHMADJONOV Muxtor Oripovich (1932.28.6-1998.29.10, Toshkent) — geolog olim, geol.-mineralogiya fanlari d-ri (1969), prof. (1972). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tamomlagan (1955). Oʻzbekiston Geol. vazirligida geolog (1955 — 57). Oʻrta Osiyo mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot in-tida katta muhandis (1957 — 60). 1960-y. dan Oʻzbekiston FA Geol. va geofizika in-tida katta ilmiy xodim, regional va dinamik geol. boʻlimi mudiri (1961-y. dan). 1978-85 va 1991-y. dan Toshkent texnika untida kafedra mudiri. Birinchi marta Oʻzbekistonning paleozoy fundamentining tektonik xaritasini tuzdi va yopiq maydonlar geologik tuzilishini mukammal oʻrgandi. Oʻzbekistonda tokembriy qatlamlari borligini birinchi boʻlib aniqladi va asosladi. Bu esa oltin izlashga keng yoʻl ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasida mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishga hissa kushgan. Pragada (1968), Moskvada (1971, 1973, 1983) boʻlgan xalqaro geologik kongresslar qatnashchisi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).


Lotin alifbosida maqola: AHMADJONOV Muxtor Oripovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
ABDULLAYEV Habib Muhamedovich
ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR
AKRAMXOʻJAYEV Obid Murodovich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты