AVESTO

AVESTO, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; koʻpincha «Zend-Avesto», yaʼni «tafsir qilingan matn» deb ataladi) — zardushtiyliknpig mukaddas kitoblari toʻplami. Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. Avestoda keltirilgan geografik maʼlumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avesto dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.

Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan maʼlumotlarning eng qad. qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h. k. qoʻshilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51— 78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-a.) da yaxlit kitob holiga keltirilgan.

Avesto 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. Avesto hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — «Kichik Avesto» (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay sh. da oʻz jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni oʻz ichiga oladi.

Avestoda bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, yaʼni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik b-n yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va b. hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qaramaqarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.

Avesto taʼlimotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900-y. utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik saltanati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. Avestoning axloqiy-falsafiy mohiyati «ezgu fikr», «ezgu soʻz» va «ezgu amal» kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada) da oʻz ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.

Avesto oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. «Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan maʼnaviy, tarixiy merosidir» (I. A. Karimov, «Adolatli jamiyatsari». T., 1998, 39—40-betlar).

Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi «Avesto» yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999-y. noyab.). «Avesto»ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror eʼlon qilib (2000-y. 29 mart), «Avesto»ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-y. ning okt. oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi.

Ad: Kadыrov M., Otrыvki iz Avestы (perevod), Materialы po istorii obщyestvenno-filosofskoy mыsli v Uzbekistane, T., 1976; Makovelskiy Avesto, Avesta, Baku, 1960,Sagdullayev Avesto,Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.

Muhammadjon Hodirov.


Lotin alifbosida maqola: AVESTO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
BERUNIY
AMUDARYO
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты