AJRALMAS BIRIKMA — mashinalarning ayrim detallardan yaxlit qilib yasalgan qism va uzellari. Payvand birikmalar, parchin mixli birikmalar, yelimli, kavsharlangan, presslangan, aralash birikmalar Ajralmas birikma hisoblanadi. Presslab oʻtqazish yoʻli bilan ham A. b. hosil qilish mumkin. Ajralmas birikma mashinalarning mustahkamligini, bikrligini, ustuvorligini taʼminlaydi, ishlaganda titrashini kamaytiradi.