AYVON

AYVON — Oʻrta Osiyoda iqlimiy sharoit (asosan yoz fasli)ga moʻljallab qurilgan usti yopiq, 1, 2 yoki 3 tomoni ochiq bino. A. ning shim. ga qaratib solinadigan (ters ayvon) va jan. ga qaratib solinadigan (oʻng ayvon, kungay ayvon) xillari boʻladi. Tuzilishi jihatidan Ayvonning dahliz-A., ustunli Ayvon, ravokli Ayvon kabi turlari bor. Ravoqli Ayvonning eng murakkabi peshtoq shaklida quriladi. Ayvon sahni koʻpincha sufa (supa) deb ataladi. Ayvon, odatda, chiroyli qilib bezatiladi. Shifti va devorlari boʻyaladi, yogʻoch ustunlariga oʻyma naqshlar solinadi.

Ayvon oʻzbek milliy meʼmorligida qad. dan turar joy va jamoat binolarining muhim qismi boʻlib kelgan. Ayvon hovli, masjid, Madrasa, doʻkon va saroylarda yozgi bino sifatida qurilgan. Ayvon joyning iqlimiy sharoitiga qarab turli shaklda quriladi. Mac, Fargʻona vodiysida Ayvon imorat oldiga qurilib, «peshayvon» deb yuritiladi. Buxoro A. lari baland va kambarpast boʻladi. Toshkent va Samarqand A. lari koʻpincha xonalar oldi va oraligʻiga quriladi. Xorazm (koʻproq Xiva) A. lari atrofdagi xonalardan balandroq va shim. tomonga qaratib quriladi. Bunday Ayvonlarni xorazmliklar «ullu (katta, shoh) ayvon» deyishadi. Xiva hovlilarida kambar (ters) Ayvonlar ham boʻlib, ular koʻpincha xoʻjalik binolari oldiga quriladi. Baʼzi shevalarda (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) bostirma shaklidagi binolarni ham Ayvon deb ataydilar. Xalq tilida binoning boshqa xalqlar meʼmorligidan oʻtgan balkon, veranda kabi qismlari ham Ayvon deb yuritiladi.


Lotin alifbosida maqola: AYVON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XALQ IJODI
OʻZBEKLAR
YER
TURAR JOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты