ANALITIK FUNKSIYA

ANALITIK FUNKSIYA — mat. ning asosiy tushunchalaridan biri; darajali qator yigʻindisi koʻrinishida yozilishi mumkin boʻlgan funksiya. Bundan Analitik funksiyaning istalgan tartibdagi hosilasi ham mavjudligi kelib chiqadi. Analitik funksiya sinfi yetarlicha keng boʻlib, unga mat. da va uning tadbikdarida uchraydigan funksiyalarning koʻpchiligi kiradi. Ayni paytda bu sinf bir qator ajoyib xossalarga ega. Avvalo, Analitik funksiya sinfi arifmetik, algebraik amallarga, li-mitga oʻtish amaliga nisbatan yopiq sinf-dir. Agar (z) funksiya bir bogʻlamli D sohada analitik boʻlsa, ixtiyoriy yopiq Fkontur boʻyicha olingan integral nolga teng. Shu va b. xossalar Analitik funksiya sinfining muhim obyekt ekanligini koʻrsatadi. Analitik funksiya nazariyasiga O. Koshi, B. Riman, K. Veyershtrass asos solgan.


Lotin alifbosida maqola: ANALITIK FUNKSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMIR TEMUR
ALGEBRA
ANDIJON VILOYATI
ABDULLA QODIRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты