ANTIFRIKSION MATERIALLAR

ANTIFRIKSION MATERIALLAR (anti… va lot. frictio — ishqalanish) — sirpanib ishqalanish sharoitida ishlaydigan va ishqalanish koeffitsiyenti past boʻlgan mashina detallari (podshipniklar, vtulkalar va b.) uchun ishlatiladigan materiallar. Adgeziyaga chidamlilik xususiyati past, yaxshi ishlanuvchan, issiqlik oʻtkazuvchan va xossalari barqaror. Antifriksion materiallar sifatida podshipnik materiallari (PM) keng tarqalgan. Ular antifriksion xossalaridan tashqari zarur turgʻunlik, moy muhitida korroziyaga chidamlilik, yaxshi ishlanuvchanlik va tejamlilik xususiyatlariga ega boʻlishi kerak. Ishqalanish yuzasini hosil qiluvchi PM va podshipnikning boshqa qismlariga qoʻyiladigan talablar turlicha boʻlgani uchun podshipnik mustahkam konstruksiyali material (mas, poʻlat) dan, ishqalanuvchi yuza esa Antifriksion materiallar qatlami (mas, babbit) dan yasaladi.

PM metall va metallmas materiallarga boʻlinadi. Metall PM ga qalay, qoʻrgʻoshin, mis, pyx, alyuminiy, baʼzi choʻyanlar asosidagi qotishmalar, metallmas PM ga baʼzi plastmassalar, yogʻoch asosidagi materiallar, grafit-koʻmir materiallar, rezinalar kiradi. Qalay yoki qoʻrgʻoshin asosidagi PM (babbitlar) poʻlat (baʼzan, bronza) sirtiga quyilgan qatlam koʻrinishidagi podshipniklarda ishlatiladi. Mis asosidagi PM ga qalayli, qalay-qoʻrgʻoshinli bronzalar, baʼzi latunlar kiradi. Qalay yoki qoʻrgʻoshin asosidagi, mis asosidagi PM avtomobil podshipniklari tayyorlashda ishlatiladi. Rux asosidagi PM bronza oʻrnida ishlatiladi. Alyuminiy asosidagi PM ichki yonuv dvigatellari podshipniklari uchun keng ishlatiladi. Perlitli kulrang choʻyan maʼlum mikrotuzilishda antifriksion xossaga ega buladi va kichik zuri-qishlar hamda kam tezliklarda ishlaydigan podshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Plastmassa asosidagi PM (tekstolit, yogʻoch shpon, qipiq toʻldirgichli) suv bilan namlanib turadigan, kichik aylanish chastotalarida ishlaydigan vallarning podshipniklarida ishlatiladi. Yogoch asosidagi PM, asosan, tabiiy yogʻoch va presslangan yogʻochdan tayyorlanib, koʻproq suvli joylarda ishlatiladi. Grafit-koʻmirli PM neft koksi b-n toshkoʻmir smolasi va ozroq tabiiy grafit aralashmasini presslab, soʻngra termik ishlov berib tayyorlanadi. Bular moylanmaydigan, kichik zoʻriqishli va t-rasi 480° dan oshmaydigan joylarda ishlatiladi. Rezinali PM suvli, kichik zoʻriqishli, aylanishlar soni kam (kichik tezlikli) joylarda, metall-keramik PM gʻovak vtulkalar sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ANTIFRIKSION MATERIALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
Bojalar guruhi - Mashinam
BERUNIY
Via Marokand - Million
Via Marokand - Million


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты