ABDIY

ABDIY Mirabdullaxoʻja (1870 — Buxoro — 1922) — shoir va tazkiranavis. Abdiyning ayrim zamondoshlariga bagʻishlangan qasida va gʻazallaridan namunalar Afzal Primastiyning («Afzal ut-tazkor» (1904) va Neʼmatulla Muhtaram («Tazkirat ush-shuaro», 1910) tazkiralarida uchraydi. «Tazkirai Abdiy» (yoki «Tazkirat ush-shuaroi mutaaxxirini Buxoro», «Tazkirat ush-shuaro», 1904) tazkirasida Amir Abdulahad davrida yashab ijod etgan 118 shoir haqida biografik maʼlumot va asarlaridan namunalar berilgan. Tazkira muqaddima va 28 maqsad (bob) dan iborat. Muqaddimada sheʼr va shoirlik haqida fikr yuritiladi. Muallif shoirlarni oddiy, kamtar boʻlishga, yengil obroʻ va boylik izidan quvmaslikka undaydi. Boblarda shoirlar ijodiga baho berilgan. Asar 19 – a. oxiri — 20 – a. boshi Turkiston adabiy harakatchiligini, xususan, oʻzbek-to-jik adabiy aloqalarini oʻrganishda muhim manbalardandir. Jumladan, tazkirada Ahmad Donish, Vozeh, Shohin, Sadriddin Ayniy, Toshxoʻja Asiriy kabilar haqida qimmatli maʼlumotlar bor.


Lotin alifbosida maqola: ABDIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY
BUXORO VILOYATI
TOSHKENT
TOJIKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты