ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR — radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini oʻlchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit A.-s.) yoki ularning ionlovchi taʼsirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis strukturasi)ni oʻrganish yadro fizikasida katta ahamiyatga ega. Spektrlar yadroning energetik sathlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Odatda, mahsul yadroning energetik sathlari bir-biriga yaqin boʻladi. Mac, Ra226 yadrosining ikkinchi va uchinchi uygʻongan holati energiyalari farqi 20—43 keV. Shuning uchun a-spektrometrlarning energetik sathlar bir-biriga yaqin boʻlgan guruhlarini ajrata olish qobiliyati katta boʻlishi kerak. Hoz. zamon magnit a-spektrometri energetik sathlar farqi 0,07% boʻlgan chiziqlarni ajrata oladi.


Lotin alifbosida maqola: ALFA-SPEKTROMETRLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATOM YADROSI
BERUNIY
BIOLOGIYA
ATOM REAKTORI
ATOM ENERGIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты