ARPAGʻON

ARPAGʻON (Eremopyrum) — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi. Poyasi silliq, tuksiz, boʻyi 4 — 25 sm. Bargining eni 3—4 mm, tukli. Boshogʻi tuxumsimon, uz. 1,5 — 3 sm, eni 0,9 — 2 sm. Boshoqchasi 3 — 5 gulli. Arpagʻon apr. — may oylarida gullab, meva beradi. Asosan, qumloq va mayda toshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻistonda uchraydi. Arpagʻon — bahorgi eng yaxshi yem-xashak oʻsimligi. Uning tarkibida 12 — 14% gacha protein va 24 — 27% kletchatka boʻladi. Arpagʻonni hamma q. x. hayvonlari yeydi.


Lotin alifbosida maqola: ARPAGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
YER
YEM-XASHAK BALANSI
YEM-XASHAK EKINLARI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты