AMPERMETR (amper va… metr) — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok kuchini oʻlchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning oʻlchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga boʻlinadi. Oʻlchash chegarasini oshirish uchun shuntlab yoki transformator orqali ulanadi (rasmga q.). Tok taʼsirida asbob mili buriladi; milning burilish burchagi tok kuchiga mutanosib boʻladi. Ishlash tarziga qarab, Ampermetrlar magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, issiqlik, termoelektrik, toʻgʻrilagichli va b. tizimdagi Ampermetr larga boʻlinadi.