APPRETLASH

APPRETLASH (frans. appreter — uzil-kesil ishlov berish) — gazlamalarga turli pardoz eritmalari (appretlar) shimdirib yoki surtib zeb berish, ularni pishiq, yumshoq yoki qattiq qilish. Ip-gazlama, ayniqsa, kanop matolarga kraxmal appretlar bilan ishlov berilganda mato pishiqlashadi, koʻrkamlashadi. Kraxmal appretlar tarkibiga kraxmal va uning gidrolizidan tashqari yumshatuvchi moddalar (yogʻ, moy, sovun), gigroskopik moddalar (glitserin, osh tuzi), gazmolga jilva beradigan moddalar (mum, parafin), antiseptik moddalar (formalin, solitsilat k-ta, mis tuzlari) va b. qoʻshiladi. Jun va ipak matolarga ishlov berishda kraxmal oʻrnida pitir goʻshtidan tayyorlanadigan yelim, jelatin va b. ishlatiladi.

Turli sintetik smolalar qoʻshib ishlov berilganda mato gʻijimlanmaydigan; gidrofob bilan ishlov berilganda suv oʻtkazmaydigan; mis va xrom tuzlari ekstrati bilan ishlov berilganda chirimaydigan; surma, titan, qoʻrgʻoshin tuzlari, xlorlangan uglevodorodlar bilan ishlov berilganda yonmaydigan; ftor tuzlari, xlorli preparatlar bilan ishlov berilganda kuya tushmaydigan boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: APPRETLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Lady Gaga - Poker Face
Ravshan Namozov - Osh
AMUDARYO
Munisa Rizayeva - Yonma dil
Yulduz Usmonova - Yonma-yon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты