AGRA

AGRA — Hindistonning shim. dagi shahar, Uttar-Pradesh shtatida, Jamna (Yamuna) daryosining oʻng sohilida. Aholisi 899 ming kishi (1991). Yirik t. y. tuguni. Agra — Bombay avtomagistralining oxirgi manzili. Agra 16 — 19-a. larda Boburiylar qarorgohi (poytaxti) boʻlgan, ayniqsa Akbar va Shoh Jahon davrida ravnaq topgan (16 — 17-a. lar). Agrada 16 — 17-a. larga doir musulmon meʼmorchiligining ajoyib yodgorliklari saqlanib qolgan. «Agra-Fort» (16-a.) qasri va uning ichida «Marvarid mayejid» (17-a.), bir qancha saroylar bor. A. ya kip i da Shoh Jahon va uning xotini (Mumtoz Mahal) maqbarasi — Tojmahal joylashgan (17-a. oʻrtalarida qurilgan). Tojmahal Sharq meʼmorchiligining ajoyib namunasidir. Jome masjid (1628), Eʼtimod ud-Davla maqbarasi (1628) kabilar jahon meʼmorchiligi durdonalaridan hisoblanadi. Bularni qurishda hind ustalari bilan birga Buxoro va Samarqand ustalari ham qatnashgan. 19 — 20-a. larda Agra qayta tiklandi. Shahar tashqarisidagi bogʻda alohida ansamblni tashkil etgan un-t binosi (1927) Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Agra binolari marmarga ishlangan oʻyma va qadama naqshlari, fil suyagidan ishlangan buyumlari bilan mashhur. Agra sanoati asosan koʻn poyabzal, oziq-ovqat, qogʻoz, oynashisha korxonalari, Hindistonning shim. dagi eng yirik «Jons-Mils» yigiruv k-ti, elektr-texnika va b. korxonalardan iborat. Qoʻlda gazlama toʻqish va badiiy buyumlar yasash hunarmandchiligi taraqqiy etgan. Agrada un-t (1927) va Mahatma Gandi asarlarining maxsus kutubxonasi bor.


Lotin alifbosida maqola: AGRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
POKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты