AMALIY GEOGRAFIYA

AMALIY GEOGRAFIYA — hoz. zamon geografik tadqiqot yoʻnalishlaridan biri. Amaliy geografiya hududlar tabiiy sharoitlarini har xil amaliy maqsadlarda — yerdan q. x. da foydalanish, yoʻl, shahar va sanoat inshootlari qurish odamlarning turmush sharoitlari va sogʻligʻiga mos kelish-kelmasligi nuqtayi nazaridan oʻrganadi. Amaliy geografiya tadqiqotlari uch asosiy yoʻnalishda: agrogeografik, muhandislik-geografik va tibbiy-geografik yoʻnalishlarda olib boriladi. Agrogeografik tadqiqotlar yerlarni sugʻorish yoki quritish, yaylov chorvachiligi, bahorikor dehqonchilik, tuproqni zararli tabiiy jarayonlar taʼsiridan, suv va shamol eroziyasidan saqlash kabi masalalarni oʻrganadi. Tuproqlari, relyefi, iqlimi, oʻsimliklari va yogʻin miqdori kabi xususiyatlariga koʻra muhim boʻlgan joylar maxsus xaritalarda alohida ajratib koʻrsatiladi. Agrogeografik tadqiqotlar Oʻzbekistonda — Makroiqtisodiyot va ijtimo-iy tadqiqotlar in-ti, Seysmologiya in-ti tarkibidagi Geografiya i. t. boʻlimi, xususan, Toshkent, Samarqand, Fargʻona un-tlarining geografiya f-tlarida olib boriladi.

Muhandislik-geografik tadqiqotlar hududlarning tabiiy sharoitlariga har xil muhandislik inshootlari ni joylashtirish imkonini oʻrganadi. Oʻzbekistonda yoʻl, kanal, shaharlar, sanoat binolarini qurishda, yerning qiyaligi va relyefning notekisligi, lyoss gruntlarning choʻkish ehtimoli, qum koʻchishlari va tez-tez boʻlib turadigan kuchli shamollar hisobga olinadi. Bunda geograf tabiat hodisalari orasidagi bogʻlanishlar va qonuniyatlarni aniqlaydi. Chunonchi, Oʻzbekistonning jan. dagi qurgʻoqchil hududlarida lyoss koʻp qavatli uylar, z-d va b. inshootlar uchun mustahkam zamin boʻla oladi. Lekin respublikaning sernam togʻ oldi r-nlarida lyoss mustahkam emas, tez choʻkadi, natijada inshootlar deformatsiyaga uchraydi. Qizilqumda yoʻl qurish loyihalari tuzishda shamollar rejimini, qum harakatining tezligini va qum relyefi shakllarini, qum koʻchishiga yoʻl bermaydigan oʻsimlik turlarini bilish shart. Agar qurilish oldidan mutaxassis bunday maʼlumotlarga ega boʻlmasa, u holda yoʻl qum keltiruvchi shamollar zonasiga tushib, tez-tez qum bosib qolishi mumkin.

Tibbiy-geografik tadqiqotlar, ayniqsa, yangidan oʻzlashtirilayotgan yerlarning tibbiy-geografik bashorat xaritasini tuzish muammolari bilan shugʻullanadi. Geografik tadqiqotning bu sohasi mahalliy geografik sharoit bilan bogʻliq vabo, tulyaremiya, ensefalit, buqoq kasalliklarining tarqalish qonuniyatlarini oʻrganishda muvaffaqiyatlarga erishdi.

Potihkamol Gʻulomov.


Lotin alifbosida maqola: AMALIY GEOGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMUDARYO
ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты