ATOM FIZIKASI — fizikaning atom xossalari, elektron qobiqlari tuzilishi, elektronlar va ionlar xossalari, ularning elektromagnit maydonidagi harakatini oʻrganadigan boʻlimi. Moddalarning atom (A.)lardan tashkil topganligini qad. yunon faylasuf-materialistlari Epikur, Levkipp va Demokritlar aytgan. Demokritning fikricha, bizga uzluksiz boʻlib koʻringan jismlar haqiqatda boʻlinmas mayda zarralardan, yaʼni Atom fizikasilar va ular orasidagi boʻshliqdan tashkil topgan; bu Atom fizikasilar hamma vaqt harakatda boʻladi. 15 — 18-a. larda tabiatni tajriba asosida oʻrganish usullari taraqqiy eta boshlaydi. Hamma fanlar qatori kimyo fani ham rivojlandi. Tajribada olingan natijalar jismlar atomlardan tashkil topgan degan nazariyani tasdiqlay bordi. Tajribalar kimyoviy birikma hosil qilishda bir moddaning zarralari ikkinchi modda zarralari orasiga kirib, ular oʻzaro birlashadi va yangi birikma zarralarini hosil qiladi, degan xulosaga keltirdi. Atom fizikasi nazariyasining rivojlanishida Dalton, fransuz kimyogari J. L. Prust, Lomonosov va Avogadroning ilmiy gipotezalari katta rol oʻynadi. Avogadro bir xil t-ra va bosimdagi teng hajmli har xil gazlarda molekulalar soni oʻzaro teng degan fikrni aytdi. Avogadroning bu qonuni har xil elementlarning Atom fizikasi ogirliklarini oʻzaro taqqoslash imkonini berdi. Har bir moddaning gramm-molekulasida molekulalar soni bir xil, yaʼni JV0 = 61023 ga teng ekanligi maʼlum (q. Avogadro qonuni). Avogadro soni maʼlum boʻlsa, har bir Atom fizikasining ogʻirligi grammmolekula ogʻirligini Avogadro soniga boʻlib topiladi. Hatto 19 – a. oxirlarigacha Atom fizikasini boʻlinmas zarra deb qaraganlar. 1897 — 98 y. lardan Tomson (Lord Kelvin) A. tarkibida elektronlar bor degan farazni aytdi. 1911 yi.aa Rezerford A. ning planetar modelini yaratdi. Atom fizikasi — proton va neytronlardan iborat yadro va uning atrofida aylanuvchi manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan. Elektron (ye) zaryadi 4,810~10 CGSE ga teng, massasi esa proton massasigi dan 1840-marta kichik boʻlgan zarradir. Proton vodorod A. ning yadrosidir. Proton zaryadi musbat boʻlib, qiymati elektron zaryadiga teng. Neytron massasi tp taxm. proton massasiga teng, lekin zaryadsiz zarradir. Yadrodagi protonlar soni yadro atrofida aylanuvchi elektronlar soniga, bu son esa elementlarning davriy tizimidagi oʻrnining raqami, yaʼni Atom fizikasi raqamiga teng. Elementlarning Atom fizikasi ogirligidan Atom fizikasi rakamini ayirganda yadrodagi neytronlar soni kelib chiqadi. Daniya fizigi Nils Bor 1913-y. da Rezerford modeliga asoslanib, vodorod Atom fizikasining ichki tuzilish nazariyasini yaratdi. N. Bor atom zarralari murakkab tizim boʻlgani holda muvozanatda boʻlishini birinchi bor tushuntirib berdi. N. Bor Atom fizikasi nazariyasini yaratishda faraz sifatida uchta postulat qabul qiladi.
I postulat. Elektron yadro atrofida aylanma harakat qilayotganda oʻz energiyasini yoʻqotmaydi.
II postulat. Elektron yadro atrofida faqat barqaror orbitalardagina aylanishi mumkin.
Shpostulat. Elektron energiyasi katta boʻlgan barqaror orbitadan energiyasi kichik boʻlgan orbitaga oʻtganda ortiqcha energiyasini yorugʻlik nuri, kvant (foton), yaʼni h v sifatida chiqaradi. Bor nazariyasi faqat vodorod va vodorodga oʻxshagan atomlar uchungina yaroqlidir. Biroq zaryadlari soni koʻp boʻlgan elementlarning kvant nazariyasi — kvant mexanikani yaratishda Borning atom nazariyasi boshlangʻich qadam boʻlib xizmat qildi. Kvant mexanika N. Bor, V. Geyzenberg, L. de-Broyl, M. Born, Atom Fizikasi Dirak va b. tomonidan yaratildi.
Atom fizikasi fizikaning yangi boʻlimi boʻlib, yangi kashfiyotlar bilan boyib bormoqda. Atom fizikasining asosiy boʻlimlari — atom nazariyasi, atom (optik) spektroskopiya, rentgen spektroskopiyasi, radiospektroskopiya, lazer spektroskopiyasi, atom va ion toʻqnashishlari fizikasidan iborat. Atomning barcha holat xarakteristikalarini mukammal aniqlash Atom fizikasining eng muhim vazifasidir. Bunda atom energiyasi qiymatlari — energiya satqi, harakat miqdori momentlarining qiymatlari va atom holatini ifodalovchi boshqa miqdorlar aniqlanadi. Atom tuzilishini batafsil tekshirishda qoʻlga kiritilgan nati-jalardan fizikaning koʻpgina boʻlimlaridagina emas, balki kimyo, astrofizika va b. fan sohalarida ham juda koʻp foydalaniladi. Spektral chiziqlarning kengayishi va siljishini oʻrganish muhit (suyuklik, kristall) ning maʼlum qismidagi maydonlar va uning holati haqida fikr yuritishga imkon beradi. Elektron zaryad zichligining taqsimlanishini va tashqi kuchlar taʼsirida uning qay tariqa oʻzgarishini bilish atom hosil qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy bogʻlarni, kristall panjarasidagi ion harakatini aniqlash uchun juda muhimdir. Atom va ionlarning tuzilishi va energiya sathi xarakteristikalari haqidagi maʼlumotlar kvant elektronika qurilmalari uchun katta ahamiyatga egadir. Atom va ionlar toʻqnashganda ularning ionlashishi, uygʻonishi, qayta zaryadlanishi haqidagi bilimlar plazma fizikasida muhim oʻrin tutadi. Atomlar energiya sathlarining tuzilishini bilish astrofizika uchun juda zarur. Shunday qilib, Atom fizikasi tabiat fanlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Atom haqida Atom fizikasi yaratgan tasavvur dunyoni bilish uchun ham ahamiyatga ega. Turli moddalarning turgʻunligi, Yerdagi oddiy t-ra va bosimda kimyoviy elementlarning boshqa elementlarga aylanmasligi atomning «turgʻunligi»ga bogʻliq. Tashqi sharoit oʻzgarganda atom xossalari va holatining oʻzgara olishi, atomning «plastik» boʻlishi elementar zarralardan birining ikkinchisiga aylanishi yoʻllarini koʻrsatib berib, murakkab tizimlarning paydo boʻlishi sabablarini ochadi. Shu kunlarda Atom fizikasi modda tuzilishi haqidagi tasavvurlarni kengaytiruvchi alohida fanga aylanib qoldi. Modda tuzilishi nazariyasi ancha murakkab boʻlib, fizikaning deyarli barcha yutuqlari va hoz. zamon matematik apparatning qudratiga tayangan. Soʻnggi yillarda atom spektroskopiyasining plazma diagnostikasiga, astrofizik tadqiqotlarga, gazli lazerlar spektroskopiyasi va b. sohalarga tatbiqi ancha rivoj topdi. Ammo bu masalalarni yoritish atom spektrlari nazariyasiga, atomda yuz berayotgan radiatsion jarayonlarning ehtimolligi va koʻndalang kesimi kabi muhim xarakteristikalarga tegishli tayin hisoblarni oʻtkazishni talab qiladi.
Ad:. Bekjonov R. B., Ahmadxoʻjayev B., Atom fizikasi, T., 1979; Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzilishi, T., 1997.