ASATI

ASATI — qovun navlari (asad oyida pishadi). Dehqonchilikda A.-VIR 3806 (K. I. Pangalo, M. K. Goldgauzen) va Toshkent asatisi (populyatsiya) navlari ekiladi. Shakli tuxumsimon, oʻrtacha kattalikda, uz. 25—27 sm, ogʻirligi 4—7 kg. Poʻsti yupqa, sirti ingichka va tutash toʻrlar bilan qoplangan. Rangi och sariq, zargʻaldoq, yoʻl-yoʻl tilimli dogʻlari bor. Eti oq, qalinligi 5 — 5,5 sm, sershira, shirin, tarkibida 10% gacha qand bor. Urugʻi yirik, och sariq. Eqilganda unib chiqqanidan keyin 83 — 98 kunda (Toshkent vohasida ekiladigan Toshkent asatisi navi 65 — 70 kunda) birinchi hosili pishadi. Hosiddorligi 250 — 300 s/ga. Toshkent, Fargʻona, Andijon viloyatlarida Asati 3806 ekiladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, qovun qoqi tayyorlanadi (yana q. Qovun).


Lotin alifbosida maqola: ASATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
YER
GULOBI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты