AFSONAK

AFSONAK (Thermopsis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Asosan Osiyo va Shim. Amerikada oʻsadi. Koʻpchiligi zaharli. Baʼzi turlari ekinlar orasida oʻsadi. Oʻrta Osiyoda bu turkumning 3 turi boʻlib, Oʻzbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alternifl ora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil toʻpgulga yigʻilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon choʻziq, bir oz buqilgan, tukdor. Urugʻlari jigarrang, baʼzan koʻkimtir. Yozda gullaydi. Afsonakning baʼzi turlaridan tibbiyotda balgʻam koʻchiruvchi va nafas markazini qoʻzgʻatuvchi dori sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: AFSONAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
XITOY
BALGʻAM KOʻCHIRUVCHI DORILAR
BEGONA OʻTLAR
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты