BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Uning naslnasabida «berun» soʻzi «tashqi shahar», «Beruniy» esa «tashqi shaharda yashovchi kishi» maʼnosini bildiradi.
Beruniyning ilmfanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli boʻlgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qoʻlida taʼlim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zoʻr hurmat bilan tilga oladi.
Beruniy fanning deyarli hamma sohalari b-n shugʻullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta oʻrganib, yunon ilmi b-n ham chuqur tanishib, yirik olim boʻlib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sugʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qad. yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini oʻrgandi. Oʻz ilmiy asarlaridan birida yozishicha, B. Xorazmda yashagan davrida 990-y. dan Kot sh. da muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan. Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat toʻntarishi boʻlib, Kot Urganch amiri Maʼmun I tomonidan bosib olindi. Beruniy hayoti xavf ostida qolgaiini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. U qad. Ray sh. ga (hoz. Tehron yaqinida) boradi. Rayda ancha ogʻir hayot kechiradi, moddiy qiyinchiliklarga duchor boʻladi. Olim 998-y. dan keyin Jurjotg keladi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyotshunos va faylasuf Ali Saxl Iso alMasixiy bilan tanishib, undan taʼlim oladi. Oʻsha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida ziyoriylar sulolasi (928— 1042) hukmronlik qilgan; bu sulolaning vakili Qobus ibn Vashmgir (1012-y. oʻldirilgan) yosh olimni oʻz himoyasiga oladi.
Yoqut Hamaviynij yozishicha, Qobus ibn Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi boʻlmagan.
Beruniy «Alosor al boqiya an alqurun alholiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-y. da tamomlagan. Beruniy uni yozishga juda katta tayyorgarlik koʻrdi. Qunt va matonat bilan turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini oʻrgandi. Ilmfanga oid asarlar juda kam nusxada va qoʻlyozma shaklida ayrim shaxslar qoʻlida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda isteʼdodli ekaiini koʻrsatadi.
Beruniy 1005y. larda Xorazmga qaytadi va soʻngroq uni yangi hukmdor Ali Abbos Maʼmun II saroyga yaqinlashtiradi. Oʻsha davrda Urganchda Xorazmshoh saroyida koʻp mashhur olimlar toʻplanib, fanning turli sohalarida ilmiy ishlar olib boradilar. «Maʼmun akademiyasi» deb nomlanadigan bu anjumanning faoliyatida Beruniy muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, u shoh Maʼmun IIning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatiashadi. Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari ham uning Xorazmda turgan davrida boʻlgan. Ularning savoljavoblaridan va Beruniyning Ibn Sinoga yozgan eʼtirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar uning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan ham qiziqqanini koʻrsatadi. Bu savoljavoblarda ikki mashhur olim fazo, issiqdikningtarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borgan. Xorazm Mahmud Gʻaznaviy tomonidan (1017) bosib olingach, B. Xorazmshoh saroyidagi boshqa bir qancha olimlar bilan birgalikda Gʻazna sh. ga olib ketildi. Beruniyning Gʻaznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr boʻldi. Gʻurbatda hayot kechirgan olim oʻzining barcha vaqtini i. t. ishlariga sarf etdi. Beruniyning «Xorazmning mashhur kishilari» asari ham shu davrda yaratilgan. Uning geodeziyaga oid muhim asari «Taxdid nihoyot ilamokin li tasʼhih masofot ilmasokin» («Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash») 1025-y. 18 noyab. da yozib tugatilgan. Bu asarning birdanbir qoʻlyozmasi Istanbulda, birinchi marta rus tiliga shu qoʻlyozmadan «Geodeziya» nomi bilan tarjima qilindi (Toshkent, 1966). «Geodeziya» B. ning dunyoqarashini belgilashda boy manbalardan biri boʻlib hisoblanadi.
«Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar» asari ham 1029-y. Gʻaznada yozilgan. Asarning fors cha va arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda oʻsha zamon astronomiyasi b-n bogʻliq bulga i bir qancha fanlar haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Beruniyning mashhur «Hindiston» asari— «Tahqiq mo lilHind min maʼqula maqbula filaql av marzula» («Xind larning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi») 1030-y. da yozilgan. Bu asar Gʻarb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud Gʻaznaviyning Hindistonga qilgan yurishlarida Beruniy shohga hamroh boʻlgan. Garchi olimning Hindistonda qachon va qanday yashagani aniq boʻlmasada, Xorazmdan olib ketilgandan keyin bir oz vaqt Hindistonning shim. dagi Nandna qalʼasida yashagani maʼlum. Hindistonda sanskrit tilini puxta oʻrganish uning hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning oʻsha davr olimlari bilan yaqindan tanishishiga hamda bu mamlakat haqida oʻlmas asar yaratishga imkon berdi. «Hindiston» hajmi jihatidan juda katta asar. Unda hind adabisti, falsafasi, aniq fanlar, geogr., elshunoslik, qonun va urfodatlar, falsafa, din, tarixiydiniy rivoyatlar, hind yozuvining turlari haqida maʼlumotlar bor. Hoz. zamon Hindiston olimlari Beruniyning bu asarini hind madaniyati tarixini yoritish nuqtayi nazaridan juda yuqori baholaydilar va muhim manbalardan biri dsb gʻisoblaydilar. Ularning taʼkidlashicha, Beruniy oʻz asarida bizgacha yetib kelmagan sanskritda yozilgan koʻpgina manbalardan foydalangan.
Beruniy astronomiyaga oid «AlQonun alMasʼudiy» («Masʼud qonuni») asarini sulton Masʼudga bagʻishladi. Kitobning qachon yozib tugatilgani aniqemas. Bu asar Beruniyning falakiyotga doir eng muhim asaridir. Oʻrta asr olimlari bu asarni juda yuksak baholaganlar. Shundan keyin u yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri «Mineralogiya», yaʼni «Kitob aljamohir fi maʼrifat aljavohir» («Qimmatbaho toshlarni bilib olish boʻyicha maʼlumotlar toʻplami»)dir. Bu risola uz zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, Yevropada mineralogiya sohasidagi eng yaxshi asar hisoblangan. Uning oxirgi asari—«Dorivor oʻsimliklar haqida kitob» ning qoʻlyozmasi 20-a. ning 30-y. larida Turkiyada topildi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur, unda Sharkda, jumladan, Turkistonda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning tavsifi berilgan.
Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rangbarang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zoʻr qobiliyati uning koʻpchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan eʼtirof etilgan. 1035—36 y. larda Beruniy oʻz ilmiy ishlarining roʻyxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan Kitob va risolalari 113 taga yetgani koʻrsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qoʻshsak, u qoldirgan ilmiʻ meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turlituman. Koʻpchilik asarlari oʻz zamonasida oʻziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geogr. va geodeziya, 3 tasi maʼdanshu noslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tas* iklimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va el * shunoslik, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va b. fanlarga oiddir. Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28: asarigina maʼlum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yoʻq. Beruniy ijodini oʻrganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillargYa tarjima qilish ishlari oʻtgan asr oxir»laridan boshlandi. Uning «Kddimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Masʼud qonuni», «Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar» va b. asarlarining matni nashr etild»: turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va oʻzbek tillarida chop etildi.
Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. U uz ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasi da Ptolemey nazariyasiga suyansa ham lekin Yerning harakati haqida oʻsh& davrda hukmron nazariyaga zid keladigan fiqolarni bayon etgan. «Hindisusg» asarida «Yerning aylanish harakati falakiyot fani hisoblariga hech qanday zid kelmaydi, balki Yerda yuz kiradigan hodisalar, uning harakati birga bir tekis davom etaverali», degan fikrni bayon etadi. «Istaan xil astrolyabiyani tayyorlashning «:rli usullari haqida» risolasida Saʼid as-Sijziyning astrolyabilei haqida gapirganda juda muhim xulosaga keladi: «Uning negizi osmon harakatlanishiga emas, balki Yerning harakatlanishiga asoslanganligi uchun men uni juda ham ajoyib kashfiyot deb hisoblayman». B. yoritqichlar harakatini xandasaviy izohlash asosida olamching tuzilishini tushuntiradigan yeotsentrik va geliotsentrik sistema yeng kuchga ega, degan xulosaga keladi. «Geodeziya» asarida geotsentrizm bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi nazariyalarning ugʻriligiga shubha bilan qaraganini sydan ochiq bayon etadi. Bu bilan olim geliotsentrik tuzilishi nazariyani ishlashga hissa qoʻshdi. U osmon yoritqichlarining haragrayektoriyasi va shakli ellipso«. chgekanligi haqida birinchi boʻlib fikr yuritgan olimlardan. Beruniyning bu bashorati ancha keyingi Kepler kashfiyotlarini maʼlum darajada oldinan aytish edi. Beruniy oʻz asarlarida ayrim hodisalar toʻgʻrisida ham yozgan. Mac, (birinchi boʻlib Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan.
U amaliy astronomiya masalalari ham juda koʻp shugʻullanar edi. Oʻzining aniq va puxta astronomik kuzatishlariga asoslanib, Beruniy osmon ekvatoriga Quyosh ekliptikasi ogʻishining xattaligi (23°34ʻ) va ekliptika ogʻishi • zunligining asriy oʻzgarishlarini oyelgilashda, Quyosh apogeyasi (avji) uzoqligini aniqlashda qad. va oʻziga zamondosh boʻlgan astronomlarga Karaganda ancha aniq natijalarga erishgan. Beruniy 1029 ta yulduzning koordinatalari va «olduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini tuzgan (q. Beruniy ziji).
Beruniy oʻz zamonasining ulkan matematiklaridan biri edi. Uning mat. faniga qoʻshgan hissasi muhim ahamiyatga ega. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari maʼlum tartib bilan taʼriflandi. Olimning arifmetika va algebrasining katta yutugʻi shundan iboratki, unda irratsional sonlar arifmetika va algebraning teng huquqdi predmeti boʻlib qoldi. Arifmetika sohasida u mashhur uchlamchi qoidani koʻrib chiqadi, besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qiladi. Beruniy ayniqsa trigonometriya sohasida katta yutuklarga erishdi. Baʼzi bir hoz. zamon tadqiqotchilari Beruniyni trigonometriyaga mustaqil fan sifatida qaragan birinchi olim deb eʼtirof etmoqdalar. Beruniy trigonometrik funksiyalarning umumiy qonuniyatini topish yuzasidan ish olib borgan. «AlQonun alMasʼudiy» asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. U trigonometrik funksiyaning chizikli va kvadrat interpolitiv qoidasini ishlab berdi, oʻrtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha oʻnli raqamlar uchun P miqdorini aniq hisoblab chiqdi. Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham Beruniyning qushgan hissasi beqiyos. Tasviriy geografiya sohasida Beruniy geografik adabiyotda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni umumlashtirib oʻziga zamondosh boʻlgan sayyoh va savdogarlar toʻplagan maʼlumotlar bilan uni yanada boyitadi. Olim qoldirgan geografik maʼlumotlarning koʻpchiligi u yoki bu geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida birinchi manba hisoblanadi.
Beruniyning oʻsha vaqtda uncha maʼlum boʻlmagan shim. oʻlkalar, Boltiq va Oq dengiz haqidagi maʼlumotlari, Sibirning «bizda yoz boʻlganda, u yerda qish boʻladigan» joylari haqida xabarlari ayniqsa qiziqarli. Beruniy Xitoy va Tibetga tutash oʻlkalarni ham oʻzidan oldingi olimlarga nisbatan toʻla va aniq tasvirlagan. Ptolemeyga qaramaqarshi Atlantika va Hind okeanlarining jan. tomoni bir-biriga tutashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qitʼalari orasida bir vaqtlar boʻgʻoz boʻlgan va Yer sharining jan. tomoni quruqlik boʻlgan deb taxmin qiladi. U qoldirgan noyob maʼlumotlar sharq geografik adabiyotida muhim rol oʻynagan.
Tarixda Amerika qitʼasini 1492-y. okt. oyida dengiz sayyohi Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd qilingan. Ammo bu borada Beruniyning ilmiy farazi mavjudligi ham maʼlum. Olim oʻzining «Hindiston» asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va quruqlik toʻgʻrisida gapirib, «…Yerning choragi maʼmuradir. Maʼmurani gʻarb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) oʻrab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida boʻlishi mumkin boʻlgan quruqdik yoki odam yashay digan orollardan ikkala yoqdan (gʻarbdan va sharqdan) ajratib turadi…» deb yozgan. Shunday fikrni «AlKonun alMasʼudiy» asarida ham uqtiradi. Demak, gʻarbiy yarim sharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Amerika deb nomlangan qitʼaning mavjudligini Beruniy yevropalik olimlardan 450-y. cha oldin taxmin qilib, oʻz asarlarida bir necha bor yozgan. Beruniyning gʻarbiy yarim sharda katta quruqlik borligi toʻgʻrisidagi fikri 15—16-a. larda oʻz tasdigini topdi.
Beruniy matematik geografiya taraqqiyotiga ham katta hissa qoʻshdi. U joylarning geografik uzoqligini va kengligini aniqpash yoʻllarini ishlab chiqishda yangiliklar ochdi: trigonometriya va geometriyani keng qoʻllash orqali oʻzidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Mas, u geografik kenglikni aniqlashda 16-a. da Tixo de Brage tomonidan kashf etilgan deb hisoblangan usulni ishlatgan.
Uzoq,liklarni belgilashda ham Beruniy tomonidan ishlab chiqilgan yangi metod ungacha qoʻllanilgan metodlarga nisbatan eng mukammali edi. Turli geografik joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda u erishgan natijalar hoz. zamon olimlarini ham hayratda qoldirmoqda. Beruniyning Yer sharining oʻlchamlari haqidagi maʼlumotlari yunon, hind olimlari va oʻziga zamondosh boʻlgan Yaqin va Oʻrta Sharq olimlari xulosalariga nisbatan ancha aniqdir. U Yer aylanasi uzunligini oʻlchashda yangi usul ishlab chikdi. Beruniy metodida katta masofalar uchun qiyin va murakkab oʻlchovlarga ehtiyoj boʻlmay, matematik hisoblarga asoslanilardi. U Yer meridiani yoyining bir darajasi 110275 m ga teng deb topdi. Bu hoz. zamon maʼlumotlariga juda yaqin.
Geologiya sohasida ham Beruniy ajoyib kashfiyotlar qilgan. Yerni oʻrganish masalasiga ilmiy yondashdi. Yer yuzasining har bir qismi oʻzining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini yozadi. Turkistonning baʼzi joylari, shu jumladan Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy oʻrganishga harakat qilgan ham Beruniy boʻlgan. Uning Amudaryo vodiysining geologik oʻtmishi va Orol dengizining paydo boʻlishi haqidagi xulosalari oʻsha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri hisoblanadi.
Olim D«yengizlar quruqlikka, qurukliklar esa dengizga aylanadi» degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamlarining paido boʻlishi, togʻ jinslarining yemirilishi, iurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ahamiyatga ega. Yer qobigʻida ogʻirlikning muvozanatlashib turishi uchun yer osti jismlarining joylashishi haqidagi farazlari ham juda ahamiyatlidir. Uning fikricha, Yer qobigʻining harakati ogʻirlikning umumiy markaz tomon harakatiga mos ravishda vujudga keldi. Beruniy togʻlarning paydo boʻlishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olgʻa suradi. Akad. H. M. Abdullayev B. ni geologiya sohasidagi eng buyuk nazariyotchilar va asoschilar qatoriga qoʻshish kerak, degan xulosaga kelgan edi.
Olim mineralogiya fanida ham muhim kashfiyot va xulosalar yaratdi. Bu sohada Beruniy ajdodlar yaratgan fan yutuqlarini tan oldi, ularga oʻzi yaratgan yangi maʼlumotlarni qoʻshdi. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning rangini, yaltiroqligini tasvirlash, qattikligini aniqlash, ularning magnit va elektr xususiyatlarini kuzatish, eritib sinash kabi usullardan foydalangan. U minerallarni taʼriflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma ogʻirligini tartibli ravishda aniqlab, mineralogiyaning amaliy ishlariga joriy qildi; minerallarning tabiiy tasnifi asoslarini ishlab chiqishga urinib koʻrdi. Uning «Mineralogiya» asari konlarni oʻrganish, shu jumladan Oʻrta Osiyo yer osti boyliklarini aniqlash uchun qimmatbaho manba hisoblanadi. Minerallarning u aniqlagan solishtirma ogʻirligi hoz. zamon oʻlchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho toshlarning paydo boʻlishi haqida ilmiy fiqolar aytgan.
Beruniy dorishunoslik, meteorologiya, fizika kabi fanlarga ham hissa qoʻshgan. Mac, buloq va quduq suvlarining yuqoriga koʻtarilishi va fontan boʻlib otilib chiquvchi buloqlar gidrostatikasini tushuntirishda Beruniy oʻz zamonasidan ancha ilgari ketib, bu boradagi uydirmalarni inkor etadi.
Olim biologiya sohasida tabiiy tanlanish haqida qimmatli fiqolar aytgan. U tabiiy tanlanish boʻyicha avval insonning ongli faoliyatini tasvirlab beradi, keyin «Tabiat ham shunday qiladi, lekin u farqiga bormaydi, chunki uning harakati ongsizdir», degan xulosaga keladi. Buyuk olim fan sohasida tajribalar oʻtkazish uchun turli asbob va uskunalar ixtiro etishda ham katta mahorat koʻrsatdi. Koʻpchilik tajriba asboblarini oʻzi yaratgan edi. Mac, astronomiya sohasida meridianlar ioʻnalishini aniqpash uchun «hind doirasi»ni ixtiro etgan. Bir qancha astrolyabiya konstruksiyalarini, diametri 7,5 m boʻlgan va oʻsha zamonda eng yirik hisoblangan d«yevoriy kvadrant»ni yasagan. Solishtirma ogirlikni aniqlash uchun ham maxsus asbob ixtiro etgan. B. Markaziy Osiyo va umuman Yaqin Sharkda birinchi ilmiy globuslardan birini bunyod etgan edi. Bu globusda aholi yashaydigan joylar aniq koʻrsatilgan va buning yordamida ularning geografik koordiiatalarini aniqlash mumkin boʻlgan.
U alkimyoda qoʻllanilgan gʻayriilmiy va asossiz uslublarni tanqid qildi. Qimmatbaho toshlar va baʼzi minerallarning «moʻjizakor xususiyatlarini» inkor qildi va bu holni «hodisalarning haqiqiy sababini bilmovchilar uchun bir vajdir», deb hisoblaydi. Beruniy alkimyo yoʻli bilan oltin va kumush tayyorlash fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan xulosaga keladi. «Oldindan aytib berish sanʼati,—deb yozadi «Geodeziya»da,— umuman kucheiz asosga ega, undan kelib chiqadigan xulosalar ham asossiz».
Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoladigan xizmati shundaki, u oʻzining i. t. ishlarida oʻzi ishlab chiqqan i. t. metodiga, tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodini misli koʻrilmagan darajada yuqori koʻtardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zoʻr yutugʻidir. Olim oʻz oldiga fanni aniq maʼlumotlar bilan boyitish, nazariyalarini ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qoʻygan.
Beruniy ijtimoiy nazariyalar sohasida ham samarali ijod etdi, bu sohalar rivojiga hissa qoʻshdi. Uning kupgina asarlari oʻz mohiyati bilan tabiiy fanlarning sohalari boʻyicha ham, shuningdek oʻsha zamonlarda yashab oʻtgan xalqlarning ijtimoiy, xoʻjalik va siyosiy hayoti sohasida ham butun bir ensiklopediya bulib xizmat qilgan. Beruniy oʻzining «Kitob fi axborot ilmubayyizot valqaromita» («Oq kiyimliklar va qarmatiylar xabarlari haqida kitob») asarini Oʻrta Osiyoda oʻsha davrda eng ilgʻor ijtimoiy harakatlardan biri boʻlgan qarmatiylarga bagʻishlagan. Keyinroq «Yodgorliklar», «Hindiston» kitoblarini yozgan.
Uning «Kitob ulmaqolot valarz vaddiyonot» («Maqolalar, eʼtiqodlar va dinlar haqida kitob»), «Kitob fi axbori Xorazm» («Xorazm xabarlari haqida kitob»), «Kitob tarixi ayyom asSulton Mahmud va axbori abihi» («Sulton Mahmud davri tarixining kitobi va otasi haqidagi xabarlar») kabi asarlari bizgacha yetib kelmagan. «Yodgorliklar» («Alosor alboqiya») podshoqlar va mashhur shaxslarning tarixini yorituvchi va oʻsha davrning madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy etnografik asardir. Asarning qimmati shundaki, u islomgacha boʻlgan (Xorazmda) butun bir davrni ochish imkoniyatini tugʻdirdi. Bu kitobda yunonlar, rimlik, eroniy, sugʻdiy, xorazmlik, harroniy (yulduzga sigʻinuvchilar), qibtiy, xristian, yahudiylar, islomgacha boʻlgan arablarning yil hisoblari, turli bayram va mashhur kunlari mufassal tasvirlangan, unda koʻp xalqlarning maʼnaviy hayoti va tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar bor.
Uning maxsus tabiatshunoslik masalalariga bagʻishlangan kitoblari ham ijtimoiy fanlarning koʻpgina sohalarini oʻziga qamrab oladi. Bu xususda uning G«yeodeziya», «Mineralogiya» va b. asarlarida tarix, adabiyot, tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli maʼlumotlar jamlangan. Mas, «Mineralogiya»da har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida arab mumtoz shoirlarining oʻsha tosh yoki metall haqida yozgan sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Beruniy tarixni bayon qilishda diniy, irqiy farqlardan qatʼi nazar, xolisona turish kerak, deb talab kidali. Qiyosiy tahlil qilish metodidan keng foydalangan. Mas, u hind fani va falsafasi, hindlarning diniy eʼtiqodlari va urfodatlari haqidagi maʼlumotlarni yunon falsafasi va mifologiyasi bilan solishtiradi.
Beruniy taraqqiy etish va yoʻq boʻlishga sabab boʻlgan tabiiy hodisalarni tadqiq etar ekan Allohning yaratuvchilik qudratini inkor etmaydi. Olim tabiatda qotib qolgan narsa yoʻq, «dunyodagi hamma narsa maʼlum vaqtdan keyin bir holatdan ikkinchi holatga oʻtib turadi», degan nuqtayi nazarda turadi. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda Beruniy atomizmga yaqin boʻlgan. Uning atomistikasi atomlarning moddiy xarakterini va har qanday determinizmni inkor etuvchi mutakallimlarnit fikr va qarashlariga qaramaqarshi qoʻyilgan. Uning dunyolar koʻp degan xulosalarga olib keluvchi fiqolari ham boʻlgan. Buni olimning falsafiy bahslarida Ibn Sino ham sezgan edi. Beruniy oʻz mulohazalarida boshqa dunyolarning moddiyligi haqidagi tushunchaga asoslangan.
Bilish nazariyasi xususida ham oʻziga xos fiqolari bor. Uning fikricha, bilishning asosi, bizning dunyo haqidagi bilimlarimiz manbai boʻlmish sezgi aʼzolari orqali olingan bilimlardir. Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu—aql idrok tufayli erishilgan yutukdir, deydi. Beruniy bu sohada tajribaning ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. Beruniy birinchilardan boʻlib, Aristotelning fan sohasidagi xizmatiga yuksak baho berish bilan birga tanqidiy fiqolar ham bildirgan. B. Aristotelning «tabiiy joy», «dunyoning yagonaligi», «ogirlik va yengillik» kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning «ogʻir» va ye«ngil» degan tushunchasidan farqli ravishda B. Ibn Sinoga yozgan «Eʼtirozlar»ida hamma narsalarning yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olgʻa suradi. Bu, tortilish kuchi haqidagi nazariyani ishlab chiqish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam edi.
Beruniy ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda geografik muhit, kishilarning moddiy ehtiyoji kabi omillar ahamiyatini hisobga oldi. Uning fikricha, tilning kelib chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishdagi ehtiyojlari, turli fanlarning paydo boʻlishiga esa ularning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari sabab boʻlgan. Beruniy hokimiyatni nasldannaslga oʻtib turish qonunqoidasini umuman tan olsa ham, u yoki bu davlat arbobining hokimiyatni boshqarishga yaroqliligi uning davlatga rahbarlik qilishdagi qobiliyatiga bogʻliq, deydi. Beruniy ilmfanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilmfanning gullashiga bogʻliq, odamning baxti esa uning bilim va maʼrifatida, deb yozadi. U maʼrifat dushmanlariga, yomon urfodatlarga, adolatsizlikka qarshi edi.
Beruniyning boy ilmiy merosi Oʻzbekiston va undan tashqarida chuqur oʻrganilmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda. Hayoti va ijodi yozuvchi va sanʼatkorlar eʼtiborini tortib kelmoqda. Beruniy haqida «Oʻzbekfilm» studiyasi ijodkorlari 2 qismdan iborat «Abu Rayhon Beruniy» filmini (1974) yaratganlar. Uygʻun «Abu Rayhon Beruniy» pyesasini (1973) yozgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar. tuman B. nomiga qoʻyilgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti, Toshkent texnika unti, metro bekati uning nomi bilan ataladi. Toshkent sh. da, Qoraqalpogʻiston, Xorazmda Beruniy nomida koʻcha, maydon, maktab va b. muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta Oʻzbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qoʻyilgan. Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Beruniyga Toshkent, Xiva, Beruniy sh. larida haykal oʻrnatilgan.
As: Pamyatniki minuvshix pokoleniy, T., 1957; Indiya [Perevod A. B. Xamidova, Yu. N. Zavodovskogo], T., 1963; Hindiston (Tarjimonlar A. Rasulov, Gʻ. Jalolov, Yu. Hakimjonov), T., 1965; Geodeziya (Perevod P. G. Bulgakova), T., 1966; Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, T., 1968; Kanon Masʼuda I ch. (perevod P. G. Bulgakova, B. A. Rozenfelda) T., 1973; Qonuni Masʼudiy, Iqism, 1—5 maqolalar (A. Rasulov tarjimasi), T., 1973; Hikmatlar (toʻplovchi va nashrga tayyorlovchi A. Irisov), T., 1973; Farmakognoziya v meditsine (Kitob assaydana fittibb) (issled., perevod, primechaniya U. I. Karimova), T., 1974; Kniga vrazumeniya nachatkam nauki o zvyozdax (perevod B. A. Rozenfelda, A. Axmedova, M. M. Rojanskoy, A. Abduraxmanova, N. D. Sergeyevoy), T., 1975; Qonuni Masʼudiy, II kiyem, 6—11 maqolalar (A. Rasulov tarjimasi), T., 1976; Kanon Masʼuda, II ch. (perevod B. A. Rozenfelda, A. Axmedova, M. M. Rojanskoy, Yu. N. Smirnova), T., 1976; Geodeziya. Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash (tarjimon A. Ahmedov), T., 1982; Matematicheskiye i astronomicheskiye traktatы (perevod P. G. Bulgakova, B. A. Rozenfelda), T., 1987; Tarvihalar: «Javohirot kitobi»dan (arabchadan M. Tursunov tarj.), T., 1991; Feruza (Javohirlar haqida naql va hikoyatlar), T., 1993; 100 hikmat: Ibratli soʻzlar (tarj. va nashrga tayyorlovchi A. Irisov), T., 1993.
Ad.: Semenov A. A., AlBiruni— velichayshiy uchenoʻy srednevekovogo Vostoka i Zapada, Literatura i iskusstvo Oʻzbekistona, kn. 1, T., 1938; Beruniy—oʻrta asrning buyuk olimi (maqolalar toʻplami), T., 1950; Sadoʻkov X. U., Biruni i yego rabotoʻ po astronomii i matematicheskoy geografii, M., 1953; Krachkovskiy I. Yu., Arabskaya geograficheskaya literatura, Izbr. soch., t.4, M., 1957; My mi no v I. M., Oʻzbekistonda ijtimoiyfalsafiy tafakkurning rivojlanish tarixidan (XIX asr oxirlari va XX asr boshlari), T., 1960; Salye M. A., Abu Rayhon Beruniy, T., 1960; Matviyevskaya G. P., Beruniy va tabiiy fanlar, T., 1963; Irisov A., Beruniy va Hindiston, T., 1963; Rozenfeld Beruniy, Krasnova S. A., Rojanskaya M. M., O matematicheskix rabotax Abu Rayxana Biruni, v kn.: Iz istorii nauki i texniki v stranax Vostoka. Voʻp. 3, M., 1963; Tolstoye S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Moʻminov I. M., Voʻdayuhiyesya moʻsliteli Sredney Azii, M., 1966; Beruniy bilan Ibn Sinoning savoljavoblari (masʼul muharrir S. Mutalibov), 2nashr, T., 1973; Qayumov A., Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, T., 1987.
Muzaffar Xayrullayev.