BURISHTIRUVCHI DORILAR — yalligʻlangan joydagi ogʻriqni kamaytiruvchi dorilar. Shuning uchun Burishtiruvchi dorilar yalligʻlanishga qarshi ishlatiladigan dorilar bilan birga qoʻllaniladi. Burishtiruvchi dorilar yalligʻlangan yoki kuygan joyga qoʻyilganda toʻqimalarning yuza qatlamida oqsillarni qisman ivitib. ichkaridagi toʻqimalarni turli taʼsirotlardan saqlaydigan oqsil parda hosil qiladi. Koʻpgina oʻsimliklar (eman poʻstlogʻi, sariqchoy oʻsimligi, mavrak bargi, moychechak guli, shumurt va chernika mevasi va b.)dan olinadigan oshlovchi moddalar, shuningdek baʼzi bir anorganik moddalar — vismut, qoʻrgʻoshin, alyuminiy birikmalari burishtiruvchi xususiyatga ega. Bu moddalardan tayyorlangan dorilar chayish (mas, burunhalqum yalligʻlanganda), kuygan. jarohatlangan, yorilgan joylarga qoʻyish va meʼdaichak yoʻli kasalligida ichish uchun ishlatiladi.