BURISHTIRUVCHI DORILAR

BURISHTIRUVCHI DORILAR — yalligʻlangan joydagi ogʻriqni kamaytiruvchi dorilar. Shuning uchun Burishtiruvchi dorilar yalligʻlanishga qarshi ishlatiladigan dorilar bilan birga qoʻllaniladi. Burishtiruvchi dorilar yalligʻlangan yoki kuygan joyga qoʻyilganda toʻqimalarning yuza qatlamida oqsillarni qisman ivitib. ichkaridagi toʻqimalarni turli taʼsirotlardan saqlaydigan oqsil parda hosil qiladi. Koʻpgina oʻsimliklar (eman poʻstlogʻi, sariqchoy oʻsimligi, mavrak bargi, moychechak guli, shumurt va chernika mevasi va b.)dan olinadigan oshlovchi moddalar, shuningdek baʼzi bir anorganik moddalar — vismut, qoʻrgʻoshin, alyuminiy birikmalari burishtiruvchi xususiyatga ega. Bu moddalardan tayyorlangan dorilar chayish (mas, burunhalqum yalligʻlanganda), kuygan. jarohatlangan, yorilgan joylarga qoʻyish va meʼdaichak yoʻli kasalligida ichish uchun ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: BURISHTIRUVCHI DORILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ulug'bek Ismailov - Guli
Izzatbek Qo'qonov - Guli
Tohir Sodiqov - Guli
Jasurbek Mavlonov - Guli
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты