BUXORO TEATRI

BUXORO TEATRI, Sadriddin Ayniy nomidagi davlat musiqali drama va komediya teatr i — toʻngʻich uzbek professional teatrlaridan. 1921-y. F. Xujayev tashabbusi bilan havaskorlar guruhi asosida tashkil qilinib, 1922-y. «Tuhmatchilar jazosi» (Hamza) spektakli bilan ochilgan. Ikkinchi spektakli «Turkiston tabibi» (M. Uygʻur, 1923). Tashkilotchisi va badiiy rahbari — Mannon Uygur. h. Latipov, L. Nazrullayev, N. Rahmonov, L. Latipov, S. Tabibullayev, N. Gʻaniyev va b. teatrning ilk ijodkorlari boʻlib, teatr taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 1924-y. da teatrning bir guruh aktyorlari Moskvadagi uzbek drama studiyasiga oʻqishga yuboriddi. 1930-y. ning oxirigacha kichik pyesa va konsert dasturlari bilan kifoyalandi. Drama studiyasini tugatgan aktyorlar (B. Xoʻjayev, S. Abdullayev, A. Olimova, B. Jamolov, M. Musayev va b.) qaytgach (1930), teatr tom maʼnoda professional teatr maqomiga ega boʻldi. Ular sahnalashtirgan «Isyon» (D. Furmanov va S. Polivanov), «Zoʻraki tabib» (J. Molyer), «Qon va suv» (L. Sayfullina) spektakllari teatrning professionallik darajasini yanada mustahkamladi. 1931-y. Ya. Bobojonov badiiy rahbar, Sh. Shorahimov esa bosh rassom etib tayinlandilar. 30-y. larning oʻrtalari teatr ijodiy faoliyatida burilish davri boʻldi. Realizm uslubini chuqur egallash, erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlarni mustahkamlash borasida jiddiy ish olib borildi. Shu ijodiy jarayon davomida uzbek dramaturgayasi, rus va chet el mumtoz asarlari aktyorlarning ijro mahoratini oshishida, teatr jamoasining oʻz ijodiy yoʻnalishiga ega boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1936-y. dan teatr «musiqali drama teatri»ga aylantirildi. Shu yillari teatr jamoasi A. Xoʻjayeva, S. Yarashev, A. Oxunov, N. Neʼmatova, A. Atoyev, 3. Soliyeva kabi ijodkorlar bilan boyidi. Urush yillari oʻzbek xalqining mardonavor kurashi aks ettirilgan asarlar sahnalashtirilgan boʻlsa, tinch qurilish davrida repertuar mavzu jihatdan boyidi. Asosiy eʼtibor davrning dolzarb muammolariga qaratildi, xalqimizning fidokorona mehnati, axloqiy va maʼnaviy goʻzalligi, tinchlik, insonparvarlik gʻoyalariga intilish spektakllarda oʻz ifodasini topdi. «Layli va Majnun» (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier musikasi), «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin; T. Sodiqov musiqasi), «Kurbon Umarov» (S. Abdulla, Chustiy; T. Jalilov musiqasi), «Oltin koʻl» (Uygʻun, M. Leviyev musiqasi); «Shohi suzana», «Ogʻriqtishlar» (A. Qahhor), «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Oftobxon» (K. Yashin; X. Toʻxtasinov musiqasi), «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Alisher Navoiy» (Uygʻun, I. Sulton), «Imon» (I. Sulton) va b. spektakllar saxnalashtirildi. 1958-y. teatrga Sadriddin Ayniy nomi berildi.

60—70-y. lar teatrning mustaqil repertuar yaratish borasidagi ijodiy izlanishlari oʻz samarasini berdi va teatr uz ijodiy chuqqisiga kutarildi. Sahnada realistik ijro asoslarini urnatishda, ijrochilik sanʼatini yuksak professional darajaga koʻtarishda M. Musayev, B. Jamolov, A. Akobirov, R. Botirov kabi rej. larning xizmatlari katta budsi. Buxoroning utmishi mavzuida spektakllar sahnaga qoʻyiddi. Shuningdek, ayrim kishilar ongi va xulqatvoridagi illatlarni fosh etish, shu yul bilan jamiyatga munosib fazilatli kishilarni tarbiyalash teatr repertuarining asosiy yunalishiga aylandi. Bir qator musiqali drama va komediya asarlari sahnalashtirilib, uzining ijodiy dadilligini, ijtimoiypsixologik asarlar yaratishga qodirligini koʻrsatdi. «Revizor», «Uylanish» (N. Gogol), «Hamlet» (U. Shekspir), «Xushchaqchaq gadolar» (K. Gossi), «Mirza Izzat Hindistonda» (B. Gargi; M. Ashrafiy musikasi), «Guli siyoh» (S. Jamol; D. Soatqulov musikasi), «Qalamqoshligim» (M. Karimov; S. Jalil musiqasi), «Zebizebona» (T. Tula; I. Akbarov), «Laqma» (Uygʻun; S. Jalil musikasi) va b. shular jumlasidan. 1980y lardan boshlab yuksak saviyali, badiiy pishiq va goyaviy mukammal spektallar («Oʻz arizasiga kura», «Abulfayzxon», «Bir kam dunyo», «Janoza uqilmasin», «Ibn Sino» va b.) sahnalashtirildi. 90-y. lardan teatrga yangi kuchlar (M. Sodiqova, S. Zohidova, B. Boltayev, F. Abdullayev va b.) kelib qoʻshildi va uzlari bilan teatrga yangi hayot nafasini olib kirdilar. «Urush» (Sh. Nurmatov), «Yuragimni sotaman», «Sohibqiron Temur» (S. Sirojiddinov), «Chimiddiq» (E. Xushvaktov), «Tentakfarishtalar» (Sh. Boshbekov), «Davlat bolalari» (R. Muxammadjonov), «Haqrost» (Y. Muqimov) kabi spektakllar bilan teatr oʻz mavqeini tikladi. Teatrda H. Naymov, N. Neʼmatova, A. Fayziyev kabi Oʻzbekiston xalq artistlari turli yillarda ijod qilganlar.

Teatrning yetakchi aktyorlari: 3. Karimov, A. Mavlonov, N. Muminova, B. Baqoyev, R. Ergashev, S. Gʻulomova, Sh. Yulliyev va b. Bosh rej. — Ubaydulla Baqoyev.

Joʻra Maxmudov, Isomitdin Jumayev.


Lotin alifbosida maqola: BUXORO TEATRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
BUXORO VILOYATI
BUYUK BRITANIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ANDIJON TEATRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты