BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli xil (q. x. ishlab chiqarishi, oʻrmonchilik va sh. k. ga) taʼsirini oʻrganadi (q. Lgroiqlimshunoslik). Hayvonlar Biometeorologiyasi atrof muxit bilan organizmlarning (yashaydigan muhit xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan) holati, rivojlanishi va harakat funksiyalarining namoyon boʻlishi oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirining keng komplekslarini oʻrganadi. Odam uy hayvonlarining yashash sharoitlariga muayyan maqsadga muvofiq taʼsir kursatganligidan uy hayvonlari bilan yovvoyi hayvonlar Biometeorologiyasi oʻrtasida muhim tafovutlar bor. Odam Biometeorologiyasi meteorologik elementlar (tra, namlik, shamol, radiatsiya, atmosfera elektri va b.)ning organizmga taʼsirini, odamlarning atmosfera muhiti uzgarishlariga moslashuvini, shuningdek turli kasalliklarning paydo bulishida bu oʻzgarishlarning oʻrni va mohiyatini oʻrganadi. Biometeorologiya tabiiy atrof muhitning taʼsiridan tashqari inson tomonidan yaratilgan atrof muhit—aholi punktlarida, binolarda va alohida (izolyatsiyalangan) sistema (har xil turdagi berk transport va b.)lardagi muhitning taʼsirini ham oʻrganadi. Organizmning muhit meteorologik va fizik omillari taʼsirida shakllanuvchi issiqlik rejimini oʻrganish odam Biometeorologiya sining muhim masalalaridan biridir. Odam organizmining issikdik rejimi (holati)ni baholashda issiqlikni sezishdan (uta sovuq, sovuq, salqin, iliq, issiq, oʻta issiq va h. k.) olingan maʼlumotlardan tashqari yana obyektiv koʻrsatkichlar (terlash miqsori, teri harorati, tomir urish tezligi, muskul titrashi va b.) ham hisobga olinadi. Issiklik holatini baholashda turli hisoblash usullaridan foydalaniladi. Ilmiy asoslangan usullardan biri organizm issiklik balansining tarkibiy qismlarini hisobga olishdir. Fizikaviy modellash usullari ham qoʻllaniladi. Kishilarning mehnat qilish va dam olish rejimini optimallashtirish, noqulay obhavo omillarining taʼsirini kamaytirish maqsadida turli mehnat faoliyati sharoitlarida odamning issiqlik holati xususiyatlariga alohida eʼtibor beriladi. Biometeorologik kuzatishlar va hisoblash maʼlumotlaridan organizmlar uchun optimal yashash sharoitlarini taʼminlashda, mehnatni meʼyorlash va b. da keng foydalaniladi (q. Mikroiqlim).

Hamid Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: BIOMETEOROLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
BERUNIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BIOKIMYO
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты