BOSH KOʻRSATKICHI

BOSH KOʻRSATKICHI — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichini shved anatomi A. Retsius (1842-y. da) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70-y. larida antropologiyada Bosh koʻrsatkichi oʻzgarmas irqiy belgi degan notoʻgʻri qarash hukm surgan edi. 19-a. da rus antropologi A. P. Bogdanov bosh suyagi tananing boshqa qismlari kabi davriy oʻzgaruvchanlikka ega ekanligini va mayda, ikkinchi darajali irklarni yoki lokal irklarni bir-biridan ajratishda taksonomik (tasniflash, sistemalash) ahamiyatga ega ekanligini aniqlab berdi (yana q. Antropometriya).


Lotin alifbosida maqola: BOSH KOʻRSATKICHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMIR TEMUR
Ziyoda - Mayda-mayda
ABDULLA QODIRIY
ALGEBRA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты