BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOLALAR JAMGʻARMASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOLALAR JAMGʻARMASI (YUNISEF) — Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida 1946-y. da tuzilgan. 1953-y. dan Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-y. da Nobel mukofoti bilan takdirlangan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, YUNISEFga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi. Jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziqovqat va ichimlik suv bilan taʼminlash, vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, Orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, «Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi» ishlab chiqilgan.


Lotin alifbosida maqola: BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BOLALAR JAMGʻARMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты