BOJXONA

BOJXONA — 1) boj undiradigan joy;

2) chegara orqali oʻtadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta joʻnatmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; oʻtkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yigʻimlar undirish bilan shugʻullanadi. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibqoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar koʻrish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham Bojxona vakolatiga kiradi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl st-yalari, chegara punktlarida joylashadi. Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati taʼminlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (sanʼat asarlari, nodir metallar va b.) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi.

Dastlabki Bojxonalar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qad. Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006-y. dan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan «qirol haqi» undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan «zund boji» asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda Bojxona muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va b.)da savdo karvonlaridan boj oluvchi Bojxonalar boʻlgan.

Oʻrta Osiyo hududida Bojxonalar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi PattaHisor Bojxonasi 19-a. ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu B. Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz B. siga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958-y. da Toshkent aeroportida Toshkent Bojxona posti tashkil etildi va u Termiz Bojxonaga boʻysundirildi. 1959-y. apr. da Toshkent Bojxona posti Bojxonaga aylantirildi. Oʻzbekiston B. tizimining keyingi rivoji natijasida 1984-y. da Toshkent Bojxonasi tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona B. postlari barpo etildi. 80-y. lar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan Bojxona tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988-y. okt. da Toshkent Bojxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu B. lar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-y. 24 okt. da Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iktisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-y. 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-y. 29 avg. da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining B«oj tarifi toʻgʻrisida», «Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunlari, 1997-y. 26 dek. da Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (q. Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent sh. da bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar b-n chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.

Respublikada Bojxona organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston Bojxona ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi Bojxona ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; B. statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va b. dan iborat. Oʻzbekiston hududida Bojxonalar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo (1994).

Oʻtkir Komilov.


Lotin alifbosida maqola: BOJXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
BERUNIY
BRAZILIYA
BANKLAR
BOJXONA KODEKSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты