BEDA (Medicago) — dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk Beda sativa L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 — Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxm. 2 — 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik Beda madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda Beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi.
Botanik taʼrifi. Poyasi ser-shox, boʻyi 70 — 150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12—16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk Bedaning guli zangori, sariq B. ning guli sariq, duragay B. piki koʻk-sariq tusda. Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 —3 buralgan dukkak. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 — 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8 — 2,7 g. Ildiz tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 — 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 — 5 tartibli ingichka iddizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan shugana k bakteriyalar rivojlanadi. Bedaning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. Bedaning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki—uch yidda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 — 40 t goʻngga teng keladigan 80 — 120 s ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. Beda uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay Bedalar koʻk Bedaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Beda namsevar oʻsimlik. Issiq iqlimli r-nlarda sugʻorish bilan yuqori hosil olish mumkin. Beda suv va havoni yaxshi Utkazadigan qumoq» va qumloq gʻovak tuproklarda yaxshi usadi. Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 — 20 yilgacha usadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha Ustiriladi.
Beda yakka oʻzi yoki arpa, bugʻdoy kabi ekinlar bilan birga bahorda yalpi qatorlab ekiladi. Gektariga 12 — 22 kg urugʻ sarflanadi. Urugʻi 15 — 20 kunda unib chiqadi. Beda urugʻi unib chiqish qobiliyatini 5 — 7, baʼzan 10 yilgacha saklaydi. Bahorda alohida ekin sifatida eqilganda koʻpay sharoitda tez Usadi, birinchi yili sershox, serbarg poyalar hosil qilib gullaydi va urugʻ beradi. Sugʻoriladigan r-nlarda Beda birinchi yili 40 —50% gullaganda 2—3-marta, 2 va 3 y. larda esa 40 — 45 kun oralatib 5 — 6-marta va undan ham koʻproq oʻriladi. Har Urim oraligʻida 1 — 2-marta sugoriladi. Oʻrimdan keyin tez koʻklashi bilan boshqa koʻp yillik oʻtlardan ustun turadi.
Xoʻjalik ahamiyati. Beda vitamin, oqsilga boy yem-xashak ekinidir. Uning 100 kg koʻk massasi tarkibida 21,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein; 100 kg pichanda 45,3 ozuqa birligi va 10,3 kg hazm boʻladigan protein bor. Beda pichani tarkibida 0,35 — 0,40% fosfor, 0,25 — 0,3% kalsiy va b. mikroelementlar boʻladi. Beda ozuqasining hazm boʻlishi 70 — 80% ga yetadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. Beda 2 — 3 yil ichida tuproqda gektariga 300 — 400 kg va undan koʻproq azot toʻplaydi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini oʻtaydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. Beda bir mavsumdagi oʻsuv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun oʻzidan gektariga 12—15 ming m3 gacha suv bugʻlatadi. Bedaning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joylashgan maydonlarda dehqonchilik sa-maradorligini koʻtarishga yordam beradi va tuproq shoʻrlanishini ancha kamaytiradi. Beda tuproqni vilt qoʻzgʻatuvchidan tozalovchi ekin hamdir. Beda muttasil uch yil eqilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zam-burugʻlarni nobud qiladigan antogoni-stlar toʻplanadi (q. Almashlab ekish). Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda har gektardan 150 —200 s B. pichani yetishtiriladi. Urugʻlikka moʻljallangan beda-zordan 5 —7 s/ga urugʻ olinadi.
Navlari. Bedaning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, Oʻzgan va b. navlari koʻp tarqalgan (yana q. Dukkakdoshlar). B. z a – rarkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, beda bitoʻ va b. K a – salliklari: zang kasali, unshudring, barg dogʻlanishi va b.
Ad.: Y oʻ l d o sh ye v X. S., Oʻzbekistonda beda oʻstirish, T., 1969; Tursunxoʻjayev 3., Sorokin M., Gʻoʻza-beda almashlab ekish va ularning samaradorligini oshirish yullari, T., 1978.
Zikruma Tursunxoʻjayev.