BOBUR MAQBARASI

BOBUR MAQBARASI — Kobul (Afgʻoniston)dagi meʼmoriy yodgorlik (16—17 va 20-a. lar). Boburnmit xoki 1539-y. da Agra (Hindiston)dan olib kelinib shu yerda dafn etilgan. Bobur maqbarasi Kobul sh. ning Sherdarvoza togʻi yon bagʻridagi (xushmanzara qiya yalanglikda) Bobur ixlos qoʻyib obod qilgan tarixiy bogʻ «Nazargoh» (keyinchalik bogʻning nomi «Bogʻi Bobur» deb nomlangan)ning yuqoridagi maydonchasida joylashgan. Bobur vasiyatiga koʻra, dastlab qabr ustiga maqbara qurilmagan. 1606-y. da tarixiy lavha chekilgan oqish kulrang qabrtosh oʻrnatilgan. 1932-y. da marmar, beton va sopoldan moʻjazgina shiyponmaqbara barpo qilingan. Maqbara yaqinida oʻgʻli Mirzo hindol va nabirasi Mirzo Muhammad Hokimning qabrtoshlari saqlangan. Nariroqda Ruqiya Sultonbegim qabrtoshi (1640). Pastki pogʻonada Shoh Jahon hind meʼmorligi uslubida kulrang toshdan ayvonli masjid qurdirgan. Xalqaro Bobur jamgʻarmasi tashabbusi bilan Andijondagi Bobur milliy bogʻi («Bogʻi Bobur»)da Kobuldagi Bobur maqbarasiga oʻxshash ramziy qabrmaqbara bunyod etildi.


Lotin alifbosida maqola: BOBUR MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
HINDISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты