BORONALASH

BORONALASH, borona bosish — tuproqni yuza yumshatish va ekinni parvarish qilish usullaridan biri. Boronalash erta koʻklamda yer haydalgandan keyin, ekishdan oldin oʻtkaziladi. Boronalash haydalgan yer betini yumshatish, tekislash, kesak va palaxsalarni maydalash, qatqaloqni buzish, urugʻni koʻmish (urugʻ yer betiga sepilganda), mineral oʻgʻitni tuproqqa aralashtirish, oʻsimliklarni parvarish qilish — koʻp yillik oʻt va kuzgi gʻalla ekinlari maydonini erta bahorda yumshatish maqsadida utkaziladi. Tuproqning fizik holati va granulometrik tarkibiga qarab Boronalash 5—8 sm chuqurliqda oʻtkaziladi. Boronalash tuproq kapillyarlarini buzadi, uni qurib qolishdan sakdaydi, tuproqning suv oʻtkazuvchanligi hamda havo almashinishini yaxshilaydi, mikrobiologik jarayonlarni tezlashtiradi, oʻsimliklar oʻzlashtiradigan moddalarni tuplash uchun sharoit yaratadi, bir yillik begona utlarni yoʻqotadi, koʻp yilliklarini ildizi bilan yer betiga tirmalab chiqarib, yigʻishtirib olishni yengillashtiradi. Boronalashda turli xildagi boronalar qoʻllaniladi. Takroriy va oraliq ekinlar ekish uchun yerni tayyorlashda Boronalash shudgorlash bilan bir vaqtda tuproqdagi namni koʻproq saklab qolish uchun oʻtkaziladi; tuproqni yaxshi yumshatish maqsadida haydash iziga diagonal yoki koʻndalang boronalanadi. Bunda tuproqning ustki (8—Yusm) qavati yumshab, yer betiga koʻtarilishi kamayadi, koʻkarayotgan begona oʻt quriydi. Boronalash samaradorligining eng asosiy shartlaridan biri — borona usullarini toʻgʻri tanlash hamda uni utkazish vaqtidir. Tuproqning maydalanish (uvalanish) darajasi boronalash tezligi va yoʻnalishiga bogʻliq. Paykal uzunasiga koʻra diagonal yoki koʻndalang boronalanganda yer yaxshi tekislanadi. Boronalash sifati tuproqning kam kukunlanishi, yetarli darajada yumshatilishi va shudgor sathining tekislanishi, qiytiq yerlarning yoʻqligiga qarab belgilanadi.

Abdurahim Ermatov.


Lotin alifbosida maqola: BORONALASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BORONA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
YERNI ISHLASH
TUPROQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты