BIBLIOGRAFIYA

BIBLIOGRAFIYA (yun. biblion kitob va… grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish b-n shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. Bibliografiya taraqqiyotini turli xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar B(. xizmati) tizimi taʼminlaydi.

Bibliografiya tuzish qad. dunyoda paydo boʻlgan (jumladan mil. av. 3-a. da Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografik jadval). «Bibliografiya» termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, vakt utishi bilan (17a. oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. Bibliografiya tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qoʻlyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻlyozmalar (dissertatsiyalar, saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) Bibliografiyaning oʻrganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va b. ning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi Bibliografiya koʻlamini kengaytirmoqda. Bibliografiya taraqkiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida Bibliografiya ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi. Bibliografiya bosma asarlarni . anikdash, saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, Bibliografiya alohida ilmiy muxit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani oshishiga taʼsir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin alokada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar hakida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi.

Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va b.), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur boʻlganda adadi, narxi va b. haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor).

Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat B. si, ilmiy yordamchi Bibliografiya va tavsiya Bibliografiya siga; mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli Bibliografiyaga boʻlinadi. Bibliografiyaning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs B. si), va oʻlkashunoslik B. si tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farklanadi.

Turkistonda Bibliografiya ishi 9 — 15-a. lardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b.)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining Bibliografiya ruyxati va ularni tasnif kilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Jumladan, Beruniy «Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy» («Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati») nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid Bibliografiya tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan birga Beruniyning 1036-y. gacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham keltiriladi. Bibliografiya qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning «Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni» (12-a.); Xoja Xalifaning «Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi» (18-a.) va b.

Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin Bibliografiya bilan rus bibliograflari (N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va b.) shugʻullangan. 20-a. 20 — 30-y. laridan Bibliografiya ishiga jiddiy axamiyat berila boshlandi va hoz. kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926-y. dan Oʻzbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930-y. dan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi Bibliografiya boʻlimining tashkil qilinishi uzbek milliy Bibliografiya sining rivojlanishiga zamin yaratdi. Uzbek tilida tuzilgan dastlabki koʻrsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning «Mukammal ilmiy bibliografiya» (1934) asari boʻlib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat Bibliografiya sining asosiy markazidir. OʻzRda Bibliografiya ishi b-n, shuningdek Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Oʻzbekiston FA asosiy kutubxonasi va b. kutubxonalar ham shugʻullanadi. Bibliografiya ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat in-tining «Bibliografiya» kafedrasida olib boriladi.

Musa Turopov, Hamroxon Mamatraimova.


Lotin alifbosida maqola: BIBLIOGRAFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMIR TEMUR
ARMANISTON
BANKLAR
ADABIYOTSHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты