BIYLAR

BIYLAR, tarantullar (Lucosa) — oʻrgimchakboʻrilar (Lucosidae) oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uz. 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. Biylar tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun — iyul) oʻrgimchak ipidan toʻqilgan pillaga 100 ga yaqin tuxum qoʻyadi. Urgʻochi Biylar pillasini oʻrgimchak bezlariga yopishtirib yoki xelitserasida olib yuradi. Tuxumdan chiqqan biychalarni ham urgʻochi Biylar 2 — 3 kun davomida koʻtarib yuradi. B. Oʻrta Osiyo, Krzogʻiston, Jan. Yevropa va Kavkazning choʻl, chala choʻl va dashtlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda tarqalgan 5 turidan nortman biyi (L. nortmani) koʻp uchraydi. L. pulviventris, L. alticeps Samarqand jan. da, L. medra Qarshi choʻlida, jan. rus biyi (L. singierensis) Chirchiq va Fargʻona vodiysida tarqalgan. Biylar zaharli, ammo odam va hayvonlar uchun xavfli emas.


Lotin alifbosida maqola: BIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OSIYO
ROSSIYA
TOSHKENT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты