BIOELEKTR POTENSIALLAR

BIOELEKTR POTENSIALLAR — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo boʻladigan elektr potensiallar, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektr potensiallar — «xeyvon elektri» toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 18-a. ning oʻrtalarida elektr baliklarining «zarba»larini oʻrganish tufayli paydo boʻldi. Bioelektr potensiallar toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta «hayvonlar elektri»ni oʻrganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791—97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektr potensiallarni oʻlchab kurgan. Nemis olimi E. Dyubua Raymon muskul va nerv hujayrasi Bioelektr potensiallarni oʻrganib, tinchlik holatida hujayraning ichki va tashqi muhiti oʻrtasida statsionar potensiallar farqi (tinchlik potensiali) mavjudligi, bu farq qoʻzgʻalish holatida qonuniy oʻzgarishini koʻrsatib berdi. 1868-y. Yu. Bernshteyn nerv tolalari boʻylab qoʻzgʻalishning tarqalishida sekundning bir necha mingdan bir qismida davom etadigan alohida potensial tebranishlarni oʻlchash metodini ishlab chikdi. A. Ye. Vvedenskiy nerv va muskullarda ritmik potensiallarni telefon yordamida eshitib koʻrdi (1883). Bioelektr potensiallarni oʻrganish sohasidagi asosiy yutuklar elektronkuchaytirgich texnikasining fiziologik tekshirishlarga tatbiq etilishi bilan bogʻliq. Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektr potensiallarni oʻrganishga imkon beradi. Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orkali Bioelektr potensiallar generatsiyasi mexanizmi oʻrganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan oʻtkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Xaksli va Bioelektr potensiallar Kas 1947—52 y. larda harakat potensiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektr potensiallarning membrana taʼlimotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektr potensiallarni oʻrganish tirik sistemalardagi fizikkimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroensefalografiya, elektromiografiya va b.) katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar B. p. tabiatan hayvonlarnikiga oʻxshash boʻladi (E. Dyubua Raymon, 1882). D. Ch. Bos qoʻzgʻatuvchiga nisbatan Bioelektr potensiallar va elektr javob qilish barcha oʻsimliklarga xos ekanligini koʻrsatadi (1926). Bos tomonidan kashf etilgan juda sezgir oʻzi yozadigan galvanometrlar oʻsimliklarning dast«xati»ni, yaʼni qoʻzgʻatuvchiga nisbatan hosil qilinadigan maxsus elektr javoblarini olishga, fizik va kimyoviy taʼsirotga oʻsimliklarning elektr reakdiyasini oʻrganishga imkon berdi. Iirik xarasimon suv oʻtlari Bioelektr potensiallarning ion tabiatini oʻrganishda klassik obyekt hisoblanadi.

Mahmud Qosimov.


Lotin alifbosida maqola: BIOELEKTR POTENSIALLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR
BERUNIY
ALISHER NAVOIY
ASTRONOMIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты