BOGʻLOV

BOGʻLOV — singan, chiqqan, lat yegan, tirnalgan, yorilgan, jarohatlangan aʼzolarni ifloslanish va b. taʼsirlardan saqlash, shuningdek gavdaning biror qismini qimirlamaydigan qilib qoʻyish va bosib turish uchun qoʻllaniladigan vosita. Bogʻlovlar qattiq va yumshoq hamda oddiy va murakkab boʻladi. Mahkamlovchi, bosuvchi, taxtakachlovchi (q. Immobilizatsiya), qotiruvchi (q. Gips bogʻlov) va shina B. lar bor. Mahkamlovchi Bogʻlovning plastirli, yelimli va bintli turi koʻp ishlatiladi. Bogʻlovlar boshoqsimon, sakkizsimon, spiralsimon va h. k. shakdda boʻladi. Ular jarohatni toza saqlash, yara seli va yiringni shimish, shikastlangan toʻqimaga shifobaxsh taʼsir koʻrsatish, infeksiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlatiladi. Bogʻlov tayyorlashda turli bogʻlov materiallaridan foydalaniladi. Dokadan salfetka, bint va tamponlar tayyorlanadi. Yaraga bevosita bogʻlanadigan Bogʻlov materiallari sterillangan boʻlishi lozim q(. Antiseptika, Aseptika). Gigroskopik boʻlmagan paxtani isituvchi kompresslarda ishlatish, shina ostiga qoʻyish yoki gips B. da qoʻllash mumkin. Sterillangan va sterillanmagan Bogʻlov materiallari: salfetka, bint, paxta oʻrami, bogʻlov paketa va b. dorixonalarda sotiladi.


Lotin alifbosida maqola: BOGʻLOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
BERUNIY
ARMANISTON
ANDIJON VILOYATI
ARGENTINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты