BRONZA KASALLIGI

BRONZA KASALLIGI, Addison kasalligi — buyrak usti bezi poʻstloq qavati faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik; birinchi boʻlib ingliz vrachi T. Addison tasvirlab bergan (1849). Asosan 20—40 yashar kishilarda uchraydi; kasallikka buyrak usti bezi oʻsmasi, sil, zaxm, amiloidoz va b. sabab boʻladi. Bronza kasalligi astasekin avj oladi, darmonsizlik, tez toliqish, gipotoniya (qon bosimining tushib ketishi), bosh ogʻrigʻi, xotiraning susayishi, organizmda suvtuz almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Gormonlar bilan davolash, bemorning ovqati osh tuzi va vitaminlarga boy boʻlishini taʼminlash kasallikning ancha yengil kechishiga olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: BRONZA KASALLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ravshan Namozov - Osh
BUYUK BRITANIYA
BUYRAK YETISHMOVCHILIGI
BUYRAK
BUYRAK USTI BEZLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты