BOʻZATOV TUMANI

BOʻZATOV TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1979-y. 10 apr. da tashkil etilgan (1988-y. sent. da tugatilib, 1990-y. martda qayta tuzilgan). Boʻzatov tumani shim. da Moʻynoq tumani, gʻarbda Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl tumanlari, sharkda Chimboy, Kegayli tumanlari, jan. da Nukus tumani bilan chegaradosh. Mayd. 1,98 ming km2. Aholisi 20,0 mingdan ziyod kishi (2000). Boʻzatov tumanida 1 shaharcha (Qozonketkan) va 4 ovul fuqarolari yigʻini (Aspantay, Yorkindaryo, Koʻksuv, Kuskanatov) bor. Markazi — Qozonketkan shaharchasi.

Tabiati. Boʻzatov tumani Amudaryoning quyilish yerida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Kishi sovuq, yozi issiq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5°, iyulniki 28°. Yiliga 110 mm dan ziyod yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 90—100 kun. Amudaryo B. t. ni gʻarb va shim. gʻarbdan 98 km masofada kesib oʻtadi. Boʻzatov tumani hududida Dovutkoʻl suv ombori joylashgan. Tuprogʻi toshli shoʻrxok tuproq, shoʻrxoklar tarqalgan, qoʻriq yerlar bor. Butacha va buta oʻsimliklari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, shaqal, tulki, toʻngʻiz, quyon, qirgʻovul, gʻoz, oʻrdak va b. yashaydi.

Aholisi, asosan qoraqalpoq, oʻzbek va qozoqlar, shuningdek rus, turkman va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 8,7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 4 ming, qishloq aholisi 15,8 ming.

Xoʻjaligi. Boʻzatov tumani mahsulotlari i. ch. ga ixtisoslashgan. Tumanda jami 7 shirkat xoʻjaligi boʻlib, shundan 6 tasida chorvachilik bilan shugʻullaniladi, bittasida paxta yetishtiriladi. Tuman hududida Boʻzatov oʻrmon xoʻjaligi va «Asan» xususiy kichik korxonasi (xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqariladi) bor. Kaolin va ohak xom ashyosi konlari topilgan. Umumiy ekin mayd. 14638 ga, shu jumladan gʻalla ekinlari 2116 ga, texnika ekinlari 600 ga, shundan paxta 570 ga, yemxashak ekinlari va b. 11254 ga. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 25502 qoramol, 9028 qoʻyechki, 1475-yilqi, 829 tuya bor. Tuman oʻrmon xoʻjaligining umumiy mayd. 26318 ga, shundan oʻrmonzorlar 8824 ga, daraxtzorlar 107 ga, bogʻlar 12 ga va b. Avtomobil transporta — tumanda yagona transport vositasidir.

1999/2000 oʻquv yilida 16 umumiy taʼlim maktabi, 1 akademik litsey, 7 musiqa maktabi faoliyat koʻrsatdi. Tuman madaniyat uyi, qishloq klubi, avtoklub, kutubxona (qariyb 112 ming kitob va jur. lar), tuman markaziy kasalxonasi, 95 oʻrinli 2 qishloq kasalxonasi bor. Jami 34 vrach ishlaydi. 10 ming kishiga 17 vrach toʻgʻri keladi.


Lotin alifbosida maqola: BOʻZATOV TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
XITOY
AMUDARYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты