BOʻQOʻNBOYEV

BOʻQOʻNBOYEV Joʻmart (19101944) qirgʻiz shoiri, dramaturg. Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938—44). Qirgʻiz dostonchiligi va dramaturgiyasida sezilarli iz qoldirgan, uning dastlabki namunalarini yaratgan. Boʻqoʻnboyev asarlarida qirgʻiz xalqi tarixi, 2-jahon urushidagi qahramonligi, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati tasvirlanadi. «Chu dalasi» (1930), «Turksib» (1932), «Gul turmush» (1939), «Ajal va nomus» asarlari qirgʻiz sheʼriyatining sara asarlaridan hisoblanadi. «Mening Fargʻonam» asarida tarixiy qismati, turmush tarzi bir-biriga oʻxshash oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi qardoshlik tarannum etiladi. «Oltin qiz» (1937), «Qargʻasha» (1937) dramalari, «Oychurek» (1937), «Toʻqtagul» (1939) opera librettolari bilan qirgʻiz teatr sanʼati taraqqiyotiga hissa qoʻshgan.


Lotin alifbosida maqola: BOʻQOʻNBOYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QIRGʻIZISTON
FRANSIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты