BAXMAL TUMANI

BAXMAL TUMANI — Jizzax viyaoyadaidagi tuman. 1943-y. 8-mayda tashkil etilgan (1957-y. 12 okt. da Gʻallaorol tu-mani bilan birlashtirilgan edi, 1971-y. 31 avg. da qayta tuzildi). Baxmal tumani Gʻallaorol, Jizzax, Zomin tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 1,86 ming km2. Aholisi 91,8 ming kishi (2000). Baxmal tumanida 1 shaharcha (Usmat) va 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Barlos, Baxmal, Bogʻishamol, Gulbuloq, Mugʻol, Oyqor, Oqgosh, Sangzor, Tongotar, Uzunbulok) bor. Markazi — Usmat shaharchasi.

T a b i a t i . Tuman hududi, asosan, tof oldi tekisliklari va togʻlardan iborat. Baxmal tumanining jan. qismida Turkiston tizmasi va uning shim.-gʻarbiy tar-mogʻi — Molguzar togʻlari joylashgan (eng baland joyi 2621 m). Molguzar togʻlari b-n Turkiston tizmasi oraligʻida Sangzor vodiysi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5° dan —9* gacha, iyulniki 25°, togʻli qismida 15°. Yiliga oʻrtacha 300 — 750 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Saʼd Vaqqos ota bulogʻi bor. Tuproqlari asosan toʻq tusli boʻz tuproqlar va togʻ jigarrang tuproqlar, togʻ va baland tof dasht tulroqlari, sharqida tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Efemer va efemeroid, kserofit oʻsimliklari oʻsadi. Butazor, archazor, yongʻoqzorlar uchraydi. Bodom, yovvoyi olma, olcha, dulana bor. Baxmal tumanining togʻ oldi zonalarida yirtqichlardai, boʻrsiq, tulki, boʻri, sudralib yuruvchilardan koʻlbor ilon, kaltakssaklar, qushlardan kaklik, gʻurrak va b. uchraydi. Baxmal tumani tla Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisi asosan, oʻzbeklar (92,4%); shuningdek rus, qozoq, tojik, qirgʻiz va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 10 kishidan 25 kishigacha toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Baxmal tumanida marmar koni, arak-vino va asfalt z-dlari, bosmaxona, paloye va gilam toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari bor. Tumanda boʻrdokichilik fermalari, mexanizatsiyalashgan oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Asosan gʻallachilik va chorvachilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 6,6 ming ga, shu jumladan 0,4 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga beda, 200 ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Bogʻ, tokzor, tutzor, oʻrmonlar bor. Baxmal tumanida 2 jamoa xoʻjaligi, 1 davlat xoʻjaligi, kooperativ xujaliklar, 330 ga yakin fermer xoʻjaligi va b. 12 xoʻjalik bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 65,7 ming qoramol, 122,2 ming Koʻy va echki, 62,1 ming parranda bor (1999). Avtomobil yoʻllari uz. 460 km. 1999/2000 oʻquv yilida 63 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 2376.1 oʻquvchi, 1 li-seyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 45 maktabgacha tarbiya muassasalarida 3000 ga yakin bola tarbiyalanadi. 15 klub, madaniyat uyi, «Baxmal» ashula va rake havaskorlik ansambli, «Qaynarbuloq» qoʻgʻirchokteatri, «Baxmal xandasi» miniatyura havaskorlik teatri, 415 oʻrinli kasalxona, 41 tibbiy punkt, 15 ambulatoriya boʻlib, ularda 158 vrach, 736 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Baxmal hayoti» tuman gazetasi chikadi (adadi 1500).


Lotin alifbosida maqola: BAXMAL TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
BUXORO VILOYATI
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты